Bugun Özbekiston bolalari öz kelajagini yaxşi quriş uçun repetitorga borişga majbur. Busiz ular prezident maktabiga ham, sifatli oliygohga ham kira olmaydi. Xöş, nega şunday bölib qoldi? Kelgusida bizni qanday oqibatlar kutayotgan bölişi mumkin?
Özbekiston böylab ayniqsa şaharlarda öquvçilarning maktabdan taşqari pullik ta’lim xizmatlari, ya’ni repetitorlarga borişi juda ommalaşgan. Juda köp ota-onalar farzandlarini matematika, kimyo, biologiya kabi fanlar yoki til darslariga berişadi. Ayniqsa, maktab bitiruvçilarining oliy öquv yurtiga repetitorsiz kira olişi mifga aylangandek.
Xöş, aslida bunday ta’lim xizmatlariga nima uçun ehtiyoj paydo böladi? Uning mamlakat va jamiyatga manfaatli yoki zarar tomonlari nimada? Kun.uz mavzuni tahlil qiliş uçun ta’lim sohasi vakillari – pedagog Şokir Tursunov, tadbirkor va bir qança öquv markazlari asosçisi Umidjon Işmuhammedov, ham öqituvçi, ham tadqiqotçi Iskandar Sattiboyev bilan suhbatlaşdi.
– Özbekistonda sönggi yillarda repetitorlarga ehtiyojning ortganini maktab ta’lim sifati bilan korrelyatsiyasi bormi?
Iskandar Sattiboyev: Ta’lim jarayoniga nima sabab bunday ajiotaj bilan munosabatda bölinyapti, ya’ni nima uçun ota-onalar kerak bölsa yuzlab, minglab dollarni repetitorlarga sarflaşga tayyor? Çunki mamlakatimizda oliy ta’lim ijtimoiy tramplin hisoblanadi. Oliy ta’limga va uning diplomiga ega inson şu bilan işga joylaşişi, nisbatan barqaror maoşga ega bölişi va natijada kelajakda “özini eplaydigan odam” bölişi mumkin. Öquvçi yoki farzandini oliy ta’limga joylaştiştirişni maqsad qilgan ota-onaning perspektivasi şu.
Iskandar Sattiboyev
Bu jarayonda davlat ta’lim muassasalari qanday yordam bera olyapti? Afsuski, repetitor tayyorgarligisiz OTMga kiriş aytib ötganingizdek mifga aylanyapti yoki aylanib bölgan. Nimaga? Çunki bugungi kunda, tan olişimiz kerak, OTMga kiriş uçun raqobat öta kuçli. Imtiyozlar tufayli hamma fandan 100 foiz töğri yeçgan talabalar ham hatto budjetga kira olişmagan holatlar böldi. Ozmi-köpmi nufuzga ega OTMga kirişni istagan yoş hamma kerakli fanlar böyiça qattiq tayyorgarlik körişi kerak.
Bugungi kunda bir haqiqatga köz yuma olmaymiz, köp davlat ta’lim muassasalari bu talabga javob bera olmayapti. Natijada şartli ravişda paydo bölgan böşliqni xususiy sektor töldiryapti. Muammoni hal qiliş uçun xususiy sektor öz öquv kurslarini taqdim qilyapti.
Mavzuga oid
1996 yildan boşlab test asosida öqişga kiriş jory etilgan bölsa, şunça vaqtdan beri [pullik öquv markazlari xizmatlari] özini oqlab kelyapti. Elda nomi çiqqan, köpçilik tan oladigan repetitor ustozlarning kamida 50-60 foiz öquvçilari har yili oliygohlarga, kerak bölsa, budjet asosida qabul qilinyapti. Bu esa tildan tilga ötib, ota-onalarning aynan şu ustozlarga qayta-qayta murojaat qilişiga sabab bölyapti.
Demak, bu yerda davlat [umumta’lim] muassasalari öz funksiyasini töliq bajara olmayotgani tufayli yuzaga kelgan bir hodisa deb hisoblayman.
Umidjon Işmuhammedov: Mustaqillikdan keyingi davrni hisobga olsak, biz bozor iqtisodiyotini tanladik. Bozor iqtisodiyoti nima deydi: özingni xarajating va foydangni özing boşqarasan. Bozor iqtisodiyotiga ötilgandan keyin narx-navolar oşadi va öqituvçilarning oyligi kötarilmaganidan keyin öqituvçi özining bilimini boşqa joyda sotişga majbur böladi. Xususiy ta’lim muassasalari yoki öquv markazlarining negizi mana şu strategiyadan çiqqan. Ya’ni maktabdagi ta’limini berib, özining ehtiyojini berilayotgan maoş bilan qondira olmadimi, u albatta taşqariga çiqib öqitişni boşlaydi. Çunki u xarajatlarini qoplaşi kerak.
Umidjon Işmuhammedov
Butun dunyoda bir standart bor, buni magnit deyişadi. Kadr bilan pul yonma-yon yuradi. Ya’ni kadr qayerda bölsa, pul öşa yerda yoki pul qayerda bölsa, kadr öşa yerda böladi. Ularning orasida magnit paydo böladi, xohlaysizmi yoki yöq, bu magnit butun dunyoda işlaydi. Özining bilimini boşqa joyda oldingidan ham kattaroq qiymat va qadrga egaligini bilsa, u mutaxassis öşa yerga boradi. Nega, çunki özining yaşaş şaroiti va holatidan kelib çiqib inson doim köproq ehtiyojini qondiriş va pul topişga harakat qiladi. Mustaqillikka erişib, bozor iqtisodiyotiga ötganimizdan keyin öquv markazlarining kelib çiqişining asosiy sababi şu böladi. Şundan kelib çiqib, xususiy sektorda ta’lim yönalişlari paydo böldi.
Endi buning paydo bölganidan nima foyda deyilganda, albatta, yuqorida aytilganidek, bu ikki tomon örtasida raqobat bölişi lozim. Nima uçun öquv markazlari berayotgan qiymatning darajasi davlat berayotgan qiymat darajasidan ötib ketdi? Çunki hozir universitetga kiraman desa yoki boşqa joyga topşiraman desa xususiy sektorda öqigan bolaning bilim darajasi ança yuqori böladi.
Şokir Tursunov: Men repetitorlar, xususiy ta’lim, öquv kurslari sonining köpayişini 2 ta sabab bilan ajratgan bölar edim. Birinçisi – davlat özining vazifasini töğri bajarmayotgani. Ya’ni davlat hamma uçun teng, adolatli ta’limni ta’minlab bera olmayotgani. Eng çekka hudud va şahar markazlaridagi maktab öqituvçilarining darajasi turliça ekani. Aytişimiz mumkin, davlat buni heç qaçon teng qila olmaydi deb, ammo buni amalga oşiriş mumkin. Masalan, Finlandiyaga öxşagan mamlakatlar buni eplagan. Maktabda işlamoqçimisan, öz sohang böyiça bakalavriatni bitirasan, biologiya böyiça şu sohani öqib, ta’limini bitirasan. Keyin biologiya böyiça dars bermoqçi bölsang, marhamat qilib bu böyiça magistraturani ham bitirasan, undan keyin pedagogik kurs olasan, undan keyin biz seni imtihon qilib, işga olamiz. Ya’ni bu imtihon barça öqituvçilarning darajasini öz-özidan bir xil qilib qöyadi. Bu amaliyotni Texas ştati misolida ham körganman. Texas ta’limida ham maktab öqituvçilari har 3-5 yilda litsenziya olişga, uni yangilaşga majbur. Bu böyiça alohida imtihon ham topşirişadi. Agar litsenziyasi bölmasa, maktabda 1 kun ham turişga haqqi yöq.
Şokir Tursunov
Şuningdek, ta’lim standartlari töğri qöyilmagani uçun ham deyman. Oliy ta’limga kiriş uçun repetitorga borayotganlar nima uçun öquv markazlariga murojaat qiladi. Çunki ular 11 yillik ta’limi davomida heç qaçon test imtihoniga tayyorlanişmaydi, bola heç qaçon öqişga tuşadigan standartdagi savollarni körmaydi. Davlat buni nazarda tutmagan, ammo bunga ham tayyorlaş mumkin. Davlatning qölida fanlar kesimida nazorat işlari mavjud, bitiruv imtihonlarida ham ötkazsa böladi. Repetitorlar har oy şunday testlar işlatgani sabab bola ularni yaxşiroq deb qabul qiladi. Bu birinçidan. Ya’ni xulosa, davlat öz vazifasini töğri bajara olmayapti, adolatli ta’limni ta’minlab bera olmayapti.
Ikkinçi tomondan xalqimizda sönggi paytlarda paydo bölgan iste’mol qobiliyatini körsatiş imkoniyati. Masalan, töylar haqida gapirganimizda ham aytişimiz mumkin, dabdabali töy bilan u iste’mol qobiliyatini körsatib qöymoqçi, bu borada unda boşqa yöl yöq. Bolasini repetitorga olib boradigan, kursma-kurs yetaklab yuradiganlarning bitta sababi şu bölişi mumkin, ya’ni özining iste’mol qobiliyatini boşqalarga körsatib qöyiş orqali darajasi va saviyasining yuqorida ekanini körsatmoqçi böladi.
Va bizda oxirgi vaqtda şunday tendensiya paydo böldiki, köp öqitsam, yaxşi böladi degan fikr şakllanib qoldi. Ya’ni biz bolani muvaffaqiyatli qilişga harakat qilib qoldik, sönggi paytlarda “muavaffaqiyatli” sözi maşhur bölib ketdi. Menimça, biz muvaffaqiyatli avlodni tarbiyalaşimiz kerak emas, ota-onalar baxtli avlod tarbiyalaşga harakat qilişimiz kerakligini tuşunişi lozim. Bu ikki narsaning boşqa-boşqa narsa ekanini tuşunmay qoldik. Tadqiqotlarda qöşimça akademik yordam beradigan kurslar (teatr, sport, raqs kurslari bundan mustasno) bolaga ortiqça depressiya berişi isbotlangan. Biz şunday avlodni şakllantirayotganimizni ham his qilişimiz kerak.
Demak, birinçi sababi davlat öz vazifasini adolatli ta’minlamayapti, ikkinçisi esa xalqimizning özi ham bolaning muvaffaqiyatli bölişining asosiy sababi köproq öqişi kerak degan fikr şakllanib qolganida.
Iskandar Sattiboyev: Töğri, bugungi kunda odamlarimizning yelkasiga muvaffaqiyatlilik yuki yuklab qöyilyapti. Lekin Eynşteynning bir gapi bor: “Baliqni daraxtga çiqiş böyiça baholasangiz, u 2 oladi”. Şunga öxşab, hamma bola ham matematikadan daho böliş uçun tuğilmagan. Kimningdir ovozi çiroyli, kimdir rasmni yaxşi çizadi. Ya’ni iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun diversifikatsiya bölişi kerak, turli tarmoqlar yaratilişi kerak deganimizdek, şaxs ham xuddi şunday.
Mening fikrimça, maktablarda moddiy-texnik baza şunday şakllantirilişi kerakki, u yerda öqiyotgan öquvçi xoh amaliy, xoh nazariy yönalişda özini topişga şaroit bölişi lozim. Va bu yerdagi fikr yana şunga borib taqaladiki, bizda oliy ta’lim ijtimoiy tramplin sifatida köriladi. Bugun jamiyatda kim muavaffaqiyatli deb tan olinyapti, yaxşi pul topgan dasturçi, IELTSdan yuqori ball olgan yigit yoki qiz... Ota-onalar bolasining qobiliyati bilan hisoblaşib körmasdan şu tarafga yönaltiryapti.
“Nuqsonlilik kompleksi” degan tuşunça bor, ya’ni ota-onalar bir vaqtlar özlari qaysidir imkoniyatlarni qöldan çiqargan bölsa, şu narsa farzandida ham takrorlanişini istamay, bolaga ortiqça yuk yuklaydi. Ming şaroit yaratilgani bilan odamlarda irsiyat degan narsa bor, bunga ular moyilmi? Ya’ni bolani qaysidir sohaga yönaltiriş bilan ularni muvaffaqiyatli qilib böladimi? Hozirça bu borada savollarimiz köp, ammo javoblarimiz kam.
– Janubiy Koreya tajribasiga nazar taşlasak, ularda ham ma’lum vaqt davomida pullik öquv kurslarga bölgan talab ortib ketgan. Oqibatda esa butun boşli rivojlangan davlatda örtahol oilalarning kambağal bölib qolişi, buning ortidan esa depopulyatsiya, ya’ni aholi sonining kamayişi kuzatilgan.
Dunyoda endigina rivojlanayotgan davlatlar qatorida turgan va YaIM unça ham yuqori bölmagan Özbekistonda repetitorlarning köpayişi yoki kamayişi qanday ahamiyatga ega, bu nimalarga sabab bölişi mumkin? Foydali va zarar bölgan jihatlari haqida gapirsangiz.
Iskandar Sattiboyev: Endi bu yerda juda köp omillarni inobatga oliş kerak böladi. Faqatgina quruq iqtisodiyot nuqtayi nazaridan olib qarasak, xususiy biznes sektorlari köpayadi. Muvofiq ravişda sub’yektlarning davlat röyxatidan ötib, soliqlarni tölaşi YaIMning köpayişiga xizmat qiladi. Misol uçun, AQŞ yoki Buyuk Britaniyada aynan öz bilimlarini xususiy sektorda sotiş YaIMning sezilarli foizini taşkil qiladi.
Endi ijtimoiy tomondan olib qarasak, hozir davra suhbatida bölib turgan fikr – bu yerda ota-onalarning şaxsiy ambitsiyasiga boğliq. Ya’ni misol uçun, özbek ota-onasi mening farzandim mana bu öquv markazida öqiydi deyişi uçun ham farzandini öşa markazga jönatişi mumkin. Harakatlarning urfga aylanişi markazdagi oqimni ham köpaytiradi. Demak, bu yerda mening farzandim şu markazda öqiydi deyişi bilan ota-ona bolaning ma’lum doiraga mansubligini körsatişga şaxsiy ehtiyoji bor.
Endi öquv markazlar sonining ortişini ta’lim jarayoniga bevosita boğlasak, birinçi navbatda davlat ta’lim muassasalaridagi davomatning pasayişiga olib keladi, aslida olib kelib bölgan. Ya’ni ta’lim markazidagi dars 10:30da boşlanadi, bola ertalab öqiydi, yo öqituvçidan ruxsat söraydi, yo söramay ketadi. Oqibatda sinfdagi ta’limning öz örnida böliş imkoniyati yöqoladi. Lekin şunga yaraşa ta’lim markazi va maktab göyoki özaro kompromisga kelişyapti. Çunki ta’lim markazlariga bahoni xalq, ya’ni iste’molçi beradi. Maktab faoliyatini esa davlat statistika asosida bitiruvçilarning qançasi OTMga kirganini aniqlaş orqali baholaydi. Bu yerda xolis öylaydigan bölsak, davlat ta’lim muassasasi öz öquvçisining xususiy markazlarga borişidan manfaatdor. Çunki bola davlat maktabidan ololmayotgan bilimini öquv markazidan olib, oliygohga kirib, maktab reytingini oşirib beryapti.
· Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.