Ukraina boş prokuraturasi Rossiya qöşinlari Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan raketalardan foydalangani ehtimoli böyiça dastlabki dalillarni oldi, dedi Ukraina boş prokurori Andrey Kostin 11 yanvar, payşanba kuni «Yedinyye novosti» telemarafonida. Uning sözlariga köra, Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan raketalardan, xususan, 2 yanvar kuni Xarkivni öqqa tutişda foydalanilgan.
«Dastlabki ilmiy-texnik ekspertiza natijalari 2 yanvar kuni Xarkivning markaziy qismiga uçirilgan raketa Şimoliy Koreya tomonidan işlab çiqilgan qisqa masofaga uçuvçi raketa ekanligini tasdiqladi», — dedi Kostin.
Uning qöşimça qilişiça, hozir keng qamrovli ekspertiza ötkazilmoqda, u yakuniy tarzda işlatilgan raketani aniqlaşi kerak. Bundan taşqari, yaqinda Xarkiv va Odessa viloyatlarini öqqa tutiş vaqtida rus qöşinlari tomonidan otilgan raketa parçalarini qidiriş davom etmoqda.
AQŞ KXDRdan Rossiyaga raketalar yetkazib berilgani va sinovlar ötkazilgani uçun sanksiyalar kiritdi
AQŞ Davlat departamenti şu kuni, 11 yanvar keçqurun «Rossiyaning Ukrainaga qarşi foydalanişi uçun KXDRdan ballistik raketalarni uzatiş va sinovdan ötkazişda iştirok etgan» uç yuridik şaxs va bir jismoniy şaxsga qarşi sanksiyalarni e’lon qildi.
Departament saytida e’lon qilingan hujjatga köra, «224 letnyy otryad» davlat aviakompaniyasi va uning direktori Vladimir Mixeyçik sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Bundan taşqari, Astraxan viloyatidagi Aşuluq va Vladimirovka poligonlariga ham çeklovlar kiritildi. AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken öz bayonotida: «Biz bundan keyin ham çora körişdan tortinmaymiz» dedi.
Avvalroq Qöşma Ştatlar Rossiya qöşinlari tomonidan Ukrainada Şimoliy Koreya ballistik raketalari qöllanganining uçta holati haqida xabar bergan edi - 30 dekabr, 2 va 6 yanvar kunlari. Şu sababli, Qöşma Ştatlar boşçiligidagi bir qança davlatlar Rossiya Federatsiyasini BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi sifatida «öz pozitsiyasini suiiste’mol qilişda» aybladi. Moskva va Pxenyan Şimoliy Koreyaning Rossiyaga qurol yetkazib berişini bir neça bor rad etgan.
Janubiy Koreya Rossiyaga KXDRdan yangi raketalar yetkazib berilişi ehtimoli borligini ma’lum qildi
Janubiy Koreya mudofaa vaziri Şin Von Sik 11 yanvar kuni çop etilgan intervyusida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning KXDRdagi harbiy zavodga yaqinda qilgan taşrifiga e’tibor qaratdi. Şimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari taşrifni yoritişda Janubiy Koreya harbiylari taktik yadro qurolini olib yurişga qodir qisqa masofali ballistik raketalar deb ta’riflagan yangi qurol tizimini körsatdi.










