Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch nafar sobiq xotinidan aliment qarzdorligi uchun 15 sutkaga qamalgan erning qarzlarini uning 4-xotini to‘ladi
Aliment to‘langani uchun ushbu shaxs qamoqdan ozod qilingan.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida uch nafar sobiq xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamagan sabab 15 sutkaga qamalgan ota jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilindi. Bu haqda Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu shaxsning farzandlari ta’minoti uchun 2023 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra qariyb 25 mln so‘m aliment qarzdorligi bo‘lgan.
Qarzdorlik erning amaldagi turmush o‘rtog‘i tomonidan to‘liq to‘langan.
Natijada sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli u jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.
- Oldinroq Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bo‘lim boshlig‘i Nasimxon Burxonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda MIB ijrosida o‘rtacha 300 mingta aliment ishi borligi, har bir xodimga oyida 100 tadan aliment ishi to‘g‘ri kelayotgani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
09:38 / 01.04.2026
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
11:19 / 27.03.2026
Ajrim uchun yarashtirish muddati bir yilgacha uzaytirilishi mumkin
20:15 / 28.02.2026
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?
10:06 / 27.11.2025