Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida uç nafar xotiniga farzandlari ta’minoti uçun aliment tölamay yurgan ota uşlangan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinişiça, MIBning Yaşnobod tuman bölimida 3 nafar ayol foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uçun aliment pullarini tölaşdan böyin tovlab yurgan fuqaro K.S.ga nisbatan ijro işi borligi aniqlangan.  

Majburiyatini bajarmay yurgan ota qölga olingan. Uning uşbu harakati jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida körib çiqilgan. Sud qaroriga asosan erkakka nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.  

Oldinroq Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bölim boşliği Nasimxon Burxonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda MIB ijrosida örtaça 300 mingta aliment işi borligi, har bir xodimga oyida 100 tadan aliment işi töğri kelayotgani haqida aytgandi.