«Nurmurodovning o‘ziga ishonaman, tizimiga ishonmayman» – Prezident bank tizimidagi korrupsiya haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida korrupsiya holatlari bartaraf qilinmayotganiga alohida to‘xtaldi.
«Juda katta qarorlar qabul qilyapmiz, maqsadimiz odamlarni ish bilan ta’minlash, turmushini yaxshilash. Barchasini mutasaddilarga batafsil tushuntiryapmiz. Tushuntirishlarga qaramay korrupsiya holatlari ko‘p uchrayapti.
Shuni bilinglarki, baribir tagiga yetib boramiz. Korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilmasak, baribir maqsadga erishmaymiz.
Chunki tariximizda buncha ko‘p mablag‘ ajratilmagan. Og‘ir sharoitga qaramay, buni bajaryapmiz. Rahbarlarga hamma sharoit yaratilgan, tizimlar bo‘yicha farmon-qaror va hatto qonunlar qabul qildik. Endi ular natija ko‘rsatmasa, xiyonat hisoblanadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, «Sanoatqurilishbank» tizimidagi korrupsiya holati tufayli bir necha million yevro talon-toroj qilingani aniqlangan.
«Bizning banklarimizni ham chet eldan kelib sotib olish istagida bo‘lganlar juda ko‘p, lekin men bunga yo‘l qo‘ymay turibman. Soliqlar, ish o‘rinlari o‘zimizda qolsin, o‘zimiz ishlashni o‘rganaylik deyapman.
Lekin banklar tizimida korrupsiya yo‘qolmayapti. Men [Markaziy bank raisi] Mamarizo Nurmurodovning o‘ziga ishonaman, lekin tizimiga ishonmayman. Haligacha qing‘irliklar bor. Birgina «Sanoatqurilishbank» tizimida bo‘lgan korrupsiya holati bo‘yicha hozir ketayotgan sud ishi bir necha million yevro mablag‘ talon-toroj qilinganini ko‘rsatyapti.
Bank xodimlarining maoshini necha barobar oshirdik, lekin kutilgan natija bo‘lmayapti», degan davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

10:56 / 24.04.2025