Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada hali o‘z lavozimiga o‘tirishga ulgurmagan yangi mer otib ketildi
Meksikaning Verakrus shtatidagi Idalgotitlan shahriga yangi mer etib saylangan Santana Krus Baena 20 noyabr kechki vaqt o‘z uyida noma'lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi. Bu haqda Quadratin portali xabar bermoqda.
Bir necha o‘nlab qurollangan kimsalar mer uyini qurshab olib, uning ko‘chaga chiqishini talab qilishgan. U buni qilishdan bosh tortganda, jinoyatchilar uyning eshigini buzib, ichkariga bostirib kirganlar. Mer bilan birga uning uch nafar tansoqchisi ham o‘ldirilgan.
Krus Baena shaharga “Yangi alyans” partiyasidan mer etib saylangan edi va o‘zining yangi lavozimini bajarishga 31 dekabrda kirishishi kerak bo‘lgan.
Verakrus shtati ikkita yirik narkokartel – “Los-Setos” va “Ko‘rfaz”ning qarama-qarshiligi maydoniga aylangan. Bu guruhlar AQShga giyohvand moddalar yetkazib berish bo‘yicha bir-biri bilan raqobat qiladi.
Mavzuga oid
17:59 / 10.06.2026
Meksika 8600 dollarga o‘ta arzon Olinia Uno elektromobilini taqdim etdi
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026