Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan «Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi» taşkil etildi. Şu munosabat bilan ham, bir qator qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Senatning ön beşinçi yalpi majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unga köra, «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, davlat bayroğining doimiy ravişda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining binolarida, majlislar zalida va Milliy gvardiya qömondonining xizmat xonalarida bölişi belgilandi.
Şuningdek, «Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida»gi Qonuniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravişda: Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining binolarining old tomoniga; majlislar zallariga; Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining xizmat xonalariga joylaştiriladi. Davlat gerbi Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining muhrlari va hujjat blankalarida aks ettiriladi. Bu özgartiş va qöşimçalar Milliy gvardiyaning maqomini yana bir bor mustahkamlaydi.
«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maqomi, vakolatlari va vazifalari ayrim qonunlarda belgilandi.
Özbekiston Respublikasining Havo kodeksining «Samoviy hududdan foydalaniş va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boşqaruvi va nazorati» kursatilgan 4-moddasining uçinçi qismiga kiritilgan qöşimça va özgartirişga muvofiq Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boşqaruv va nazoratni öz vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boşqa organlar bilan birga Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oşirilişi belgilandi.
Şu bilan birga, «Sudlar töğrisida»gi Qonuniga, Jinoyat-protsessual kodeksiga, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga, şuningdek, «Jasorat» medali töğrisidagi nizom, «Sodiq xizmatlari uçun» medali töğrisidagi nizom, «Şon-şaraf» ordeni töğrisidagi nizomlarga tegişli qöşimça va özgartişlar kiritildi.
Şuni qayd etiş kerak, «Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida»gi Qonuni Milliy gvardiyaning terrorizmga qarşi kuraş sohasidagi vakolatlari belgilangan 9(1)-modda bilan töldirildi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
terrorizmga qarşi kuraşişda, huquq tartibotni, şuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlaşda iştirok etadi; terrorçilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etadi; şuningdek boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.












