Sirdaryo tumanida yonğin sodir bölgan xonadondan qotillik alomatlari bilan uç kişining jasadi topilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ma’lum qildi.

Hodisa 2024 yil 27 aprel kuni soat 02:55 larda Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bölgan. Yonğindan keyin tekşirib körilganda uydan ayol kişi va voyaga yetmagan ikki nafar bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni foş etiş maqsadida prokuratura hamda içki işlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan körilgan zarur çoralar natijasida gumonlanayotgan şaxs qölga olingan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi “a”, “j” bandlari ( ikki va undan oşiq şaxsni öta şafqatsizlik bilan öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisa sabablari aniqlanmoqda.