Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikoh va ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar ochiqlandi
2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 49,5 ming nikoh qayd etildi, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 5,9 promilleni tashkil etdi.
Foto: KUN.UZ
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikoh koeffitsiyenti Xorazm (10,8 promille), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,8 promille) Buxoro (6,9 promille) Surxondaryo (6,6 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikoh tuzish koeffitsiyenti Jizzax (4,5 promille), Navoiy (4,7 promille) Namangan (4,7 promille) Qashqadaryo (5,1 promille) viloyatlarida kuzatildi.
2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYo organlari tomonidan 7,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng yuqori nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Toshkent shahri (1,0 promille), Andijon (0,9 promille) Samarqand (0,8 promille) Toshkent (0,8 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha 2020 yil yanvar-mart oylarida eng kam nikohdan ajrashganlar koeffitsiyenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,3 promille), Jizzax (0,3 promille), Navoiy (0,3 promille) va Sirdaryo (0,3 promille) viloyatlarida kuzatildi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?
11:32 / 24.03.2026
O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi
13:44 / 23.03.2026