23−25-oktabr kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Havo harorati asosan keçalari +3…+8, kunduz kunlari +15…+20 daraja, şimoliy hududlarda esa keçalari −2…+3, kunduz kunlari +12…+17 daraja böladi.
Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, şimolda va çöl hududlarda baʼzi joylarda 13−18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Toşkent şahrida juma va dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi.
Şamol şarqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati keçalari +5…+7 daraja atrofida, kunduz kunlari 23-oktabrda +19…+21, 24−25-oktabrda +17…+19 daraja böladi.

















