Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi
Toshkentda mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan ayolga shilqimlik qilgan 30 yoshli haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Sudda haydovchi «skorost»ga urayotganida qo‘li ayolning oyog‘iga tegib ketganini aytgan.
Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida shilqimlik qilgan navbatdagi haydovchi 5 sutkaga qamaldi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol 2023 yil 11 noyabr kuni soat 17:20 da Chilonzor tumani «Xalqlar do‘stligi» saroyi oldida taksi to‘xtatib, Spark avtomobiliga o‘tirgan. Yo‘lda ketayotganida haydovchi X.O. (1994 yilda tug‘ilgan) ayolning oyog‘idan ushlab, turli gaplar gapirgan.
Ayol X.O.ni gaplarini yozib olganini bildirib, suddan unga qonuniy chora ko‘rishni va ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.
Sud majlisida huquqbuzar X.O. o‘sha kuni avtomashinasi mexanika bo‘lgani sabab, uzatmalar qutisi richagidan tezlikni o‘zgartirayotganda (skorostga urayotganida) ayolning oyog‘iga qo‘li tegib ketganini bildirib, suddan ishni odilona ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Sud X.O. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, unga 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
17:18 / 27.11.2025
Toshkentda ijarachi ayolga shilqimlik qilgan uy egasi 5 sutkaga qamaldi
21:36 / 25.11.2025
“Retsidivist” haydovchining bir yil ichidagi 45-qoidabuzarligi 5 kishining o‘limi bilan tugadi
14:30 / 25.11.2025