Prezident yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlar ahvolidan xalq mutlaqo noroziligini ta’kidladi.
Masalan, ötgan olti oyning özida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar şaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortiği jarohat olgan.
«E’tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yöl infratuzilmasidagi kamçiliklar hisoblanadi.
Vaziyatni yaxşilaş böyiça «Özavtoyöl» va hokimliklarning mas’uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqiziş bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e’tibordan çetda qolib ketgan», - dedi davlat rahbari.
Şu munosabat bilan Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi rahbari Olim Saidovga hayfsan berildi. Şuningdek, Jizzax (2017 yildan buyon Husan Xolqöziyev), Surxondaryo (2020 yildan Ilhom Soipov) va Xorazm viloyatlari YHXB boşliqlari lavozimidan ozod qilindi.

Yiğilişda «Yöl harakati xavfsizligi – jamoatçilik nazoratida» tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy sörov ötkaziş yölga qöyilişi ta’kidlandi.
Endi yöldagi dislokatsiya tuşunçasidan voz keçilib, barça yöl-patrul xizmati xodimlari uçun mahallalarni qamrab oluvçi javobgarlik hududi belgilab qöyiladi.
Eng xavfli yöl va çorrahalar xaritasini şakllantirib, ularni tartibga soliş uçun:
- neçta svetofor yoki qança uzunlikdagi yöl tösiqlari kerak;
- qaysi hududlarga yer usti va yer osti piyoda yölaklari zarur;
- harakat xavfsizligi uçun jiddiy xavf tuğdirayotgan «yama» va «garmoşkalar»ni ta’mirlaş uçun qança mablağ zarur, degan savollarga aniq hisob-kitoblarini beriş topşirildi.
Mutasaddilar va barça viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda konsultantlarni jalb qilib, hududidagi eng xavfli yöl va çorrahalarda tartib örnatiş loyihasini boşlaşga körsatma berildi.












