Prezident raisligidagi videoselektorda içki işlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan tezlik çeklovlarini qayta körib çiqsa böladigan yöl uçastkalari röyxatini şakllantiriş topşirildi.

Qoidabuzarlik uçun ayrim YHXBlar oradan 7-8 oy ötib jarima qöllaş qarorini çiqarayotgani böyiça e’tirozlar köpligi körsatib ötildi.

Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boşlab bir oyda qarori çiqmasa, haydovçi heç qanday jarima tölamasligi belgilandi.

Zamonaviy yöllar qurilayotgani, yuqori xavfsizlik moslamalari mavjud maşinalar soni ham kun sayin köpayib borayotgani sababli tezlik masalasida yangiça yondaşuvlar kerakligi ta’kidlandi.

Eslatib ötamiz, joriy yil martida Özbekiston Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga avtotransport vositalari uçun jarima solinmaydigan tezlik çegarasini 5 dan 10 km/soatgaça oşiriş töğrisidagi özgartiriş loyihasini kiritgandi.

Tezlikni qayd etişdagi xatolik çegarasini oşiriş zarurati texnik vositalar (radarlar) va transport vositalarining spidometrlaridagi ba’zi «xatoliklar» bilan asoslangan.

Şuningdek, joriy yil iyunida Qonunçilik palatasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasini ma’qullagandi. Unga köra «ma’muriy ogohlantiriş» tuşunçasi kiritilayotgani, bu çora ayrim huquqbuzarliklarni (kamar taqmaganlik, telefondan foydalanganlik, monitordan foydalanganlik, töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik, majburiy suğurta qiliş talablarini buzganlik) birinçi marta sodir etgan şaxslarga qöllanişi ma’lum qilingandi.

Şuningdek, yöl çiziğini (polosa) bosganlik kamera orqali qayd etilmasligi, agar kamera va radarlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uçun qaror bir oydan keçiktirib çiqarilgan bölsa, jarima qöllanmasligi aytilgandi.