Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” DUK yangi öquv yili uçun öquv qurollari xarid qiliş maqsadida 12 ta tender ötkazdi.

Bu öquv qurollari katta ehtimol bilan “Prezident sovğasi” sifatida 1-sinf öquvçilariga taqdim etiladi.

Oçiq manbalardagi ayrim faktlar mazkur tenderlarning adolatli ötganini şubha ostiga qöyadi.

Jumladan, tenderlarning ba’zilarini belgilangan tovar uçun arzon narx taklif qilgan firma qolib, faoliyat turi mutlaqo boşqa bölgan firma juda katta farqdagi qimmat narx bilan yutib ketgan.

1-holat. Qariyb 2,7 mlrd söm zarar

3 ta mahsulot – 796 224 dona ruçka, 748 776 dona kley hamda 1 481 672 dona öçirğiç uçun 5 mlrd 441 mln söm boşlanğiç narx bilan tanlov e’lon qilingan. Tanlovda “Maishiy Xamroh” MÇJ ğolib deb topilgan va u bilan 5 mlrd 329 mln sömga şartnoma tuzilgan.

Ammo tanlovda qatnaşgan “Deli Torg” firmasi bu mahsulotlarni 2 mlrd 638 mln sömga yetkazib berişni taklif qilgan. Jumladan, “Deli Torg” firmasi 1 dona öçirğiçni 550 sömdan (tenderdagi boşlanğiç narx 1000 söm), kleyni 1850 sömdan (tenderdagi boşlanğiç narx 4300 söm), ruçkani 550 sömdan (tenderdagi boşlanğiç narx 930 söm) yetkazib berişini bildirgan.

1 dona öçirğiçni 980 sömdan, ruçkani 911 sömdan hamda kleyni 4210 sömdan taklif qilgan “Maishiy Xamroh” MÇJ tender ğolibi bölgan. Summalar örtasidagi farq qariyb 2,7 mlrd söm. Ya’ni buyurtmaçi negadir tenderga qöyilgan tovarlarni 2,7 mlrd söm qimmat narxda xarid qilişga qaror qilgan.