“Bu özimizning mahalliy çang edi” - Toşkent özidan özi çangga botadigan şaharga aylandimi?
|03:38 / 20.10.202227 5629 min
17 oktyabr kuni Toşkentda kuzatilgan anomal çang ötgan yil noyabrdagi kabi boşqa joydan uçib kelgan emas, özimizdagi mahalliy çang edi, deydi gidrometeorolog Erkin Abdulahatov. Xöş, bunga nimalar sabab böldi?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
17 oktyabr kuni keçqurun Toşkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 42 barobarga ortib, 212 mkg/m³ga yetdi. Bu körsatkiç bilan Özbekiston poytaxti bir muddat dunyo böyiça havosi eng iflos şahar bölib turdi.
Toşkent ötgan yilning 6 noyabrida ham xuddi şunday statusga “kötarilgandi”. Öşanda qum böroni röy berib, havodagi PM-2,5 dispers zarralari miqdori 600-700 mkg/m³ni taşkil etgandi.
Havo ifloslanişi – bevaqt ölimlar demakdir
Havo ifloslanişi sabab dunyoda har yili 6,5 million kişi halok böladi. Ayniqsa, oxirgi 20 yil içida raqamlar 2 barobar ösgan.
Havoda ifloslaniş darajasi ortganda köz qiçişişi, nafas qisilişi, nafas olişning qiyinlaşişi, nafas oliş yöllarining qiçişişi va yötal kabi ilk belgilar namoyon böla boşlaydi. Bu kabi belgilar boşqa kasalliklarda ham kuzatilişi mumkin. Ammo alomatlar köpçilikda takrorlansa, bu – havoning xavfli ifloslanişidan signal böliş ehtimoli yuqori.
Ifloslaniş darajasi qanday aniqlanadi?
“Özgidromet” Toşkentning bir neçta nuqtalariga havo sifatini avtomatik monitoring qilib boruvçi stansiyalarni örnatgan. Şuningdek, AQŞning Toşkentdagi elçixonasida ham (boşqa köplab davlatlardagi Amerika elçixonalari kabi) havo sifati detektorlari bor.
“Özgidromet” stansiyalari qayd etgan ma’lumotlarni monitoring.meteo.uz saytida kuzatib boriş mumkin. Şuningdek, Air Quality Index (IQAir) – Havo sifati indeksi portali ham dunyoning yirik şaharlari havosini monitoring qilib boradi va real vaqt rejimidagi reytingni yuritadi. Portal Toşkent şahri böyiça ma’lumotlarni “Özgidromet”ning Xalqlar döstligi maydoni yaqinida örnatgan stansiyasidan va Frankyans loyihasining
oladi (bu tsensorlar portalga sinxronizatsiya qilingani uçun ma’lumotlarni avtomatik uzatadi; bir neça oydan buyon AQŞning Toşkentdagi elçixonasidagi stansiya qayd etgan axborotlar IQAir'da
Havo sifatini nazorat qilişdagi eng asosiy körsatkiç – PM-2,5 dispers zarralarining havodagi konsentratsiyasi. Aynan şu körsatkiçga asosan, AQAir'da havo sifati 5 toifaga ajratilgan:
“yaxşi” (yaşil – 0-50);
“örtaça” (sariq – 50-100);
“zaif guruhlar uçun nosoğlom” (olovrang – 100-150);
“nosoğlom” (qizil – 150-200);
“xavfli” (binafşa – 200-400)
Havosi iflos şaharlardagi doimiy monitoring odamlarga kunning qaysi vaqtida oçiq havoda faol böliş, qaysi paytda esa köproq bino içida böliş ma’qulroqligini tuşunişga yordam beradi.
Havoning PM-2,5 mayda dispers zarraçalari deganda, havo tarkibidagi diametri 2,5 mikron va undan kiçik bölgan havoni ifloslantiruvçi zarraçalar tuşuniladi. Ya’ni inson soç tolasi diametri 100 mikron va yuqoridagi PM 2,5 zarraçalar inson soç tolasidan 40 barobarga kiçkina.
17 oktyabrda havoda lokal ifloslaniş bölgan
“Özgidromet” izohiga köra, Toşkentda 17 oktyabr kuni kuzatilgan çang uzoq vaqt yoğingarçilik bölmagani, kuçsiz şamollar va haroratning inversiyasi bilan boğliq. Harorat inversiyasi tufayli keçqurun havo haroratining keskin pasayişi atmosfera havosining turğunligini keltirib çiqaradi, bu esa havoda ifloslantiruvçi moddalarning töplanişiga şaroit yaratadi.
Gidrometeorolog Erkin Abdulahatovning sözlariga köra, 17 oktyabr kungi çang böroni – bir neça kunlik salbiy tendensiyaning eng yuqori nuqtasi bölgan.
“Poytaxtda çangli havo 2 haftadan beri kuzatilayotgandi, faqat 17 oktyabrda juda xavfli darajaga yetdi. Bunga 4 oydan beri yomğir yoğmagani, qurilişdagi çanglar sabab böldi. Öşa kuni çang ötgan yili 4-7 noyabrdagi kabi boşqa joydan uçib kelgan emas, özimizdagi mahalliy çang bölib, bir neça haftadan beri oçiq sirt yuzalarida turgan va havoga kötarilib, tuşayotgan çanglar edi. Çang sutkaning keçki va tungi muddatlarida kötarilib, havoning ifloslaniş darajasi ortayotgan edi. Keçqurun kötarilayotganiga sabab, bu paytda transport qatnovi ziç böladi va bu sezilar-sezilmas şamolni keltirib, köça, daraxtlarga çökkan öta mayda çangni ham kötarib yubordi”, – deydi u.
Qurilişlardan çiqayotgan çang haqida “Özgidromet” bayonotida ham aytilgan edi. Sinoptiklar bu ifloslaniş omillari sifatida, şuningdek, şaharda transportning köpligi va yöllarning tirbandligi, daraxtlar kesilayotgani, maysazorlar va magistral yöllarning keng kölamda suğorilişining mavjud emasligini ham sanab ötgan.
Air Quality Index saytida yozilişiça, Toşkent havosining ifloslanişiga qazib olinadigan yoqilğidan ortiqça foydalaniş, yomon yoki past sifatli yoqilğidan foydalaniş, organik va sintetik materiallarni köp miqdorda yoqiş ham sabab bölmoqda.
Ma’lumotda şahardagi köplab transport vositalarining eskirgani, ba’zilari sovet ittifoqidan qolgani, ular zararli kimyoviy buğlarni çiqaradigan motorlarda işlaşi ham qayd etilgan.
Özbekistonning boşqa şaharlari havosi qanday?
AQI platformasida Özbekiston böyiça faqat Toşkent şahri havosi tahlili körinib turibdi. Boşqa şaharlar haqida ma’lumot yöq. Erkin Abdulahatovning tuşuntirişiça, AQI platformasida ma’lumotlar körinişi uçun, joylarda statsionar postlar joylaştirilib, platforma bilan integratsiya qilinişi kerak.
“Hozir Özbekistonda faqat Toşkentda avtomat statsionar postlar mavjud. Ulardan birini birinçilardan bölib AQŞ elçixonasi örnatgan. Boşqa şaharlarda esa avtomat statsionar post bölmagani uçun ulardagi natijalarni onlayn kuzatib turolmaymiz. Bu postlarda havoning ifloslaniş darajasining bir neça xil turi ölçanadi va mazkur turdagi asbob uskunalar ança qimmat. “Özgidromet” tomonidan bu turdagi stansiyalarni sotib oliş va viloyat markaziy şaharlariga örnatiş işlari jadal davom etmoqda. Lekin faqat PM-2,5ni ölçaydigan kiçik postlar yaqin 5-10 yil içida köplab şaharlarda örnatilib, AQI platformasiga integratsiya qilinadi. Çunki ular faqat bir turdagi ifloslanişni kuzatib borgani uçun ançayin arzon”, – deydi iqlimşunos.
Energetika, qişloq xöjaligi va transport
Agar çang kötarilişi haqida emas (bunga şubhasiz daraxtlar kamaygani va qurilişlarning köpligi sabab), havo tarkibidagi boşqa zararli zarralar haqida gapiradigan bölsak, bunda havo ifloslanişiga eng köp energetika, qişloq xöjaligi, moda, transport, oziq-ovqat çakana savdosi, quriliş, texnologiya va örmon xöjaligi sabab böladi.
Bular – asosiy havoni ifloslovçi vositalar, lekin ularning havo ifloslanişidagi uluşi şaharlarga qarab özgaradi. Masalan, eng köp ifloslanişi aytiladigan joylardan biri Pokistonning Karaçi şahrida havo tarkibining 53 foizini sanoat gazlari, 18 foizini transport, 16 foizini yöl çanglari, 12 foizini ikkilamçi aerozol moddalari zaharlaydi.
Masalan, havoni zaharlaydigan asosiy faoliyat Pekinda kömirning yoqilişi – 19 foiz, Çengduda kristall çang va kömir 54 foiz, Bangkokda avtomobil – 32 foiz, Santyagoda 31 foiz transport vositalari, Floridada sulfatlar – 55 foiz, Barselonada ikkinçi qöl transportlar – 73 foiz hisoblanadi.
Toşkent havosini qanday toza saqlaş mumkin?
Özbekistonga ham şahar havosini ifloslayotgan faoliyat turlari böyiça aniq tahlillar kerak. Masalan, Toşkentda havoni ifloslaydigan asosiy faoliyat turi qurilişlar bölsa, Navoiyning Zarafşon şahrida sanoat korxonalari çiqindilari bölişi mumkin. Bunday statistika havo tarkibida qaysi ifloslaniş darajasi yuqori ekanini biliş, aniqroği şundoq ham ma’lum sabablarning uluşini raqamlarda aniq körsatiş, tasdiqlaş va isbotlaş imkonini beradi.
Havo ifloslanişining hammasi ham global iqlim özgarişi fonida yuz beryapti. Toşkentda daraxtlar kesilayotgani va qurilişlar dard ustiga çipqon bölyapti. Hukumat şaharda daraxtlar kesilişini amalda töxtata olişi, şaharni yoppasiga yaşillaştiriş böyiça amaliy işlarga ötişi, jamoatçilik esa buni talab qilişdan töxtamasligi zarur.
Şu bilan birga, şaharda avtomobillar soni ösişini sekinlaştiriş va kelgusida hatto kamaytiriş uçun jamoat transporti butunlay özgarişi şart.
Toşkentga hozirgidan köra önlab barobar köproq jamoat transportlari, yuz baravar köproq sifatli veloyölaklar kerak. Jamoat transportlarining barçasi ekologiyaga zararsiz vositalar – elektrobus va tramvaylar bölişi lozim.