Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz» raisi o‘rinbosari «Lukoyl» oldidagi qarzdorlik tufayli lavozimidan ozod etildi
Baxtiyor Anorqulov «O‘ztransgaz» kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.
«Anorqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Qayta tashkillashtirish munosabati bilan «O‘zbekneftgaz» markaziy apparatiga o‘tkazildi», – deb ma'lum qildi kompaniya vakili.
Gazeta.uz ma'lumot berishicha, Anorqulovning lavozimidan chetlatilishiga «Lukoyl» oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgan.
Avvalroq «Lukoyl»ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorda qarzdor bo‘lib qolganini xabar qilgandi.
Shamsuarov qarzdorlik mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:20 / 12.01.2026
Ukraina “Lukoyl”ning burg‘ilash qurilmalari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
14:35 / 05.12.2025