Prezident Şavkat Mirziyoyev Yaponiyada bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida iştirok etgan Özbekiston jamoasi aʼzolariga tabrik yölladi.
“Mard va jasur farzandlarimiz Osiyo qitʼasining 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ziyod kuçli para sportçi iştirok etgan uşbu nufuzli musobaqalarda çinakam jasorat va matonat körsatib, mamlakatimiz sporti tarixida yana bir şonli sahifa oçganlari barçamizga çeksiz ğurur bağişlaydi.
Sizlar qizğin va murosasiz ruhda keçgan bellaşuvlarda 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medalni qölga kiritib, Vatanimiz bayroğini baland kötarganingiz yuksak tahsinga munosibdir.
Sizlarning har bir çiqişingizni yurtimizdagi millionlab muxlislaringiz katta qiziqiş va hayajon bilan kuzatib bordi.
Butun Özbekiston xalqi Yaratgandan omad va zafarlar tilab, sizlarni çin dildan qöllab-quvvatladi”, deyiladi tabrikda.
Prezident özbekistonlik parasportçilarning Hindiston, Janubiy Koreya, Eron, Tailand, Indoneziya kabi davlatlar jamoalarini ortda qoldirib, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiyadan keyin uçinçi örinni zabt etganini çinakam qahramonlik deb atadi.
Tabrikda Özbekiston sport delegatsiyasi qölga kiritgan oltin medallarning teng yarmi qizlar hissasiga töğri kelgani alohida mamnuniyat bilan taʼkidlangan.
“Pauerliftingçi qizimiz Röza Qözieva delegatsiyamiz hisobiga oltin medal taqdim etiş bilan birga jahon rekordini örnatdi. Madina Muxtorova, Karomat Omonova yadro uloqtirişda, Şahina Yigitalieva nayza uloqtirişda, Navröza Ahmadova disk uloqtirişda, Xurşid Qodirov 100 metrga yugurişda, Yegor Bolotov 100 metrga çalqança suziş va 200 metrga kompleks suziş dasturlarida, delegatsiyamiz tarkibidagi eng yoş sportçilarimizdan 16 yoşli Lolaxon Qodirova qizimiz 50 metrga erkin usulda suzişda Osiyo rekordini qayd etdi.
Bundan taşqari, para velosport, pauerlifting va para yengil atletika sport turlari böyiça ham 16 nafar vakilimiz Paraosiyo öyinlari rekordini yangilaşga muvaffaq böldi.
Dmitriy Xorlin törtinçi bor, Bobirjon Omonov, Husniddin Norbekov, Qudratilloxon Maʼrufxöjayev, Faxriddin Hamroyev uçinçi bor Paraosiyo öyinlari şohsupasiga kötarilgan bölsa, Asila Mirzayorova, Şahina Yigitalieva, Guljonoy Naimova, Röza Qözieva ikkinçi marotaba qitʼada tengsiz ekanini amalda tasdiqladilar.

















