Isroil hozirça falastinliklar guruhning sönggi bayonotlariga izoh bermadi.
Hamas delegatsiyasi Misr vositaçilari bilan 18 oylik uruşdan çiqiş yöllarini muhokama qiliş uçun Qohiraga kelgan. Hamas rasmiy vakili şu hafta boşida uning Qohiradagi delegatsiyasi öt oçişni töxtatiş böyiça «yangi ğoyalar»ni muhokama qilişini, biroq qurollarni taşlaş muhokama qilinmayotganini aytdi – bu Isroilning asosiy talabi bölib qolmoqda.
AFP agentligi bilan anonim tarzda gaplaşgan Hamas rasmiysi guruh «mahbuslarni bir vaqtning özida almaşiş va beş yillik sulhga tayyor» ekanini aytdi.
Öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv tuzişga sönggi uriniş Isroilning garovga olinganlardan 10 nafarini qaytariş evaziga 45 kunlik öt oçişni töxtatiş taklifi ortidan bölmoqda. Hamas Isroil taklifini «notöliq» deb rad etgan va buning örniga uruşni töxtatiş böyiça «keng qamrovli» kelişuv tuzişni taklif qilgan.
Garovga olinganlarning barçasini ozod qiliş va beş yilga sulh tuziş – Qatar va Misr vositaçilari uruşayotgan tomonlarga aynan şunday rejani taklif qilişdi. Biroq, Hamasni qurolsizlantiriş va Ğazoning uruşdan keyingi kelajagi masalalari hali ham hal etilmasdan qolmoqda.
Hamas muntazam ravişda uruş butunlay töxtaşi, Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan töliq olib çiqilişi va oziq-ovqat zaxiralari tugayotgan, qamal holatidagi anklavda insonparvarlik yordami hajmi oşişiga olib keluvçi sulh tuzişni talab qilmoqda.
Isroil, öz navbatida, 2023 yil oktyabr oyidagi hujum paytida qölga olinganlarning barçasini qaytarişni va Hamasni töliq qurolsizlantirişni talab qilmoqda.
Mart oyida Isroil Ğazoda harbiy harakatlarni qaytadan boşladi, yanvar oyida boşlangan sulhning birinçi bosqiçi boşlanganida hududda tinçlik hukm sura boşlagandi. Isroil tomoni harbiy kampaniya qayta boşlanişi Hamasni garovdagilarning qolgan qismini ozod etişga majbur qilişini közlagan.
Mart oyining ikkinçi qismidan buyon Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, kamida 2111 falastinlik halok bölgan, Ğazodagi uruş qurbonlarining umumiy soni esa 51 495 kişiga yetgan.
2023 yil 7 oktyabr kuni Hamas a’zolari Isroil hududidan 251 kişini öğirlab ketgandi, ulardan 58 nafari hamon Ğazoda qolmoqda. Isroil harbiylariga köra, ulardan 34 nafari halok bölgan.
Ğazodagi vaziyat
Hudud şimolidagi Ğazo şahrida fuqarolik mudofaasi agentligi turar joy binosiga zarba berilişi oqibatida 10 kişi halok bölgani, yana 20 ga yaqin kişi vayronalar ostida qolgani haqida xabar berdi.













