Qizlar uchun magistratura tekin – bu imtiyoz barcha magistrant qizlar uchunmi yoki faqat yangi qabul qilinadigan talabalar uchunmi?
Kun.uz ayni paytda magistraturaning 1-bosqichida o‘qiyotgan, keyingi yil 2-bosqichga o‘tadigan talabalarning ham magistratura puli qoplanish-qoplanmasligi haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lumot oldi.
Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, keyingi yil magistraturada o‘qiyotgan barcha qizlarning kontrakti davlat tomonidan qoplanadi, ya’ni kelasi yil 2-bosqich talabasi bo‘ladigan xotin-qizlarning ham o‘qishi tekin bo‘ladi.
“7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Unda 2022/2023 o‘quv yilidan to‘lov kontrakt asosida 1-bosqichga qabul qilinadigan hamda ushbu o‘quv yilida 2-bosqichga o‘tgan magistr xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi nazarda tutilgan”, deyiladi vazirlik Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.
Mavzuga oid
01:10
«Qarorlari majburiy kuchga ega emas» - Oliy ta’lim vazirligi nodavlat OTMlardan pul so‘ragan kengash haqida
20:42 / 21.12.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
07:28 / 07.09.2024
Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi
23:29 / 28.08.2024