Şavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşi sessiyasida Yunusobod tumanidagi davlat muassasalarining eski binolarini tadbirkorlik loyihalari uçun berişni taklif etdi.
«Yunusobod poytaxtning eng qulay qismida joylaşgani uçun kredit olmasdan, öz sarmoyasini kiritib, iş örni yaratişga intilayotgan taşabbuskorlar juda köp. Lekin ularni eng qiynaydigan masala — tumanda böş joy topiş.
Amir Temur şohköçasi sönggi yetti yilda tadbirkorlar uçun eng jozibador köçaga, hududning ösiş nuqtasiga aylandi. Lekin köçaning 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3–4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylaşgan.
Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor köp qavatli savdo, xizmat va ovqatlaniş obektlari, ofis va mehmonxona şaklida qayta quriş şarti bilan loyihalar amalga oşirilsa, tadbirkorlar va iş örinlari sonini köpaytiriş mumkin», – deya prezidentdan iqtibos keltiradi uning matbuot kotibi.
Şunday loyihalarni bank filiallari örnida hamda davlat taşkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oşiriş mumkinligi ta’kidlangan.
Ma’lumot uçun, Amir Temur maydonidan katta halqa yöligaça boradigan Amir Temur şohköçasida Yunusobod tumani hokimligi, Toşkent moliya instituti, FHDYo arxiv binosi, tuman soliq bölimi, Majburiy ijro byurosi va boşqa obektlar joylaşgan.













