Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 50 ga yaqin davlat mudofaa vazirlarining Bryusselda bölib ötgan «Ramştayn formati»da Ukrainaga harbiy yordam masalasi muhokama qilingan uçraşuvidan söng «haqiqatan ham yaxşi yangiliklar» haqida ma’lum qildi. Bu haqda Zelenskiy 15 iyun, çorşanba kuni e’lon qilingan kundalik videomurojaatida aytib ötdi.
«Biz qöllab-quvvatlaş hajmi ortişini kutmoqdamiz. Ukrainaga mudofaa yordami doimiy bölişi haqida aniq signal bor», - dedi Zelenskiy. U Kopenhagenda 14 davlat iştirokida Buyuk Britaniya va Daniya tomonidan taşkil etilayotgan donorlar konferensiyasini ham eslab ötdi.
Zelenskiy AQŞ prezidenti Jo Baydenga «barça hamkorlar yordamini safarbar etişdagi yetakçiligi uçun», Kiyevga yangi 1 milliard dollarlik harbiy yordam va 225 million dollarlik gumanitar yordam paketi uçun alohida minnatdorçilik bildirdi. Yangi paketga kiritilgan artilleriya va raketa moslamalari Donbassdagi jangda Ukraina uçun ayniqsa muhimdir, dedi Zelenskiy.
AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostinning sözlariga köra, yangi paketga 18 ta M777 gaubitsalari va ularni olib yuriş uçun möljallangan transport vositalari, şuningdek, ular uçun 46 ming dona 155 millimetrli snaryadlar kiradi. Ukraina yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun boşqariladigan snaryadlarni ham oladi. Uşbu paketning 650 million dollari alohida fondga yönaltiriladi, u Ukrainaga yana ikkita Harpoon sohilböyi mudofaa tizimini, şuningdek, minglab xavfsiz ratsiyalar, tungi köriş moslamalari, teplovizorlar va optik nişonga oliş uskunalarini oliş imkonini beradi.
Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambreht Ukrainaga uçta MARS II yalpi öt oçiş tizimi, «yuzlab» raketalar va ular uçun ehtiyot qismlar ajratilganini ma’lum qildi.
«Biz prezident Bayden bilan jang maydonidagi taktik vaziyat va ğalabamizni qanday yaqinlaştirişni muhokama qildik: sanksiyalar, siyosat, iqtisodiy hamkorlik», - dedi Ukraina prezidenti. Zelenskiy Germaniyada 26-28 iyun kunlari bölib ötadigan «katta yettilik» sammiti va 28-30 iyun kunlari Madridda ötkaziladigan NATO sammitida iştirok etiş taklifini qabul qilganini qöşimça qildi.
Zelenskiy şuningdek, Çernogoriya va Albaniya boş vazirlari Dritan Abazoviç va Edi Ramaning Kiyevga taşrifi hamda Şimoliy Makedoniya boş vaziri Dimitar Kovaçevski bilan videomuloqoti haqida ma’lumot berdi. Uç mamlakat yetakçilari Ukrainani Yevropa ittifoqiga nomzod davlat böliş borasidagi taşabbusida qöllab-quvvatlaşiga işontirdi, dedi Zelenskiy. «Barça xalqaro aloqalarda men himoyaçilarimizning harakatlaridan hayratdaman», - dedi Ukraina prezidenti.













