DW xabariga köra, Zelenskiy 23-oktabr kuni AQŞning Hudson Institute tahlil markazida videomuloqot orqali çiqiş qilgan.

«Tezlik tiklanmadi», - degan Ukraina prezidenti.

Uning maslahatçisi Sergey Beskrestnov ham ayrim holatlarda belgilangan limitdan biroz yuqori körsatkiçlar kuzatilişi çeklov olib taşlanganini anglatmasligini bildirgan. Uning taxminiça, bunday holatlar SpaceX algoritmlari yoki tizimdan foydalanişning öziga xos şaroitlari bilan boğliq bölişi mumkin.

Tramp esa 22-oktabr kuni jurnalistlar bilan muloqotda SpaceX Ukrainada Starlink işini töliq tiklaganini maʼlum qilgan. Biroq çeklovlarni olib taşlaşga kim körsatma bergani haqidagi savolga aniq javob bermagan.

Avvalroq Tramp ham, SpaceX asosçisi Ilon Mask ham Ukrainada Starlink işini çeklaş böyiça buyruq berganini rad etgan edi.

Ukraina tomoni maʼlumotiga köra, çeklovlar 14-oktabrdan kuzatila boşlagan. Ular, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan qurilmalarda aloqa işiga taʼsir qilgan.

Ukraina harbiylari Starşield’dan kommunikatsiya va uçuvçisiz apparatlarni boşqarişda foydalanadi. Zelenskiy avval bu uzilişlar frontdagi logistikani sekinlaştirayotgani hamda dronlarni qöllaş imkoniyatlarini çeklayotganini aytgan.

Hudson Institute’dagi çiqişida Ukraina prezidenti Rossiya ballistik raketalaridan himoyalaniş uçun zarur tutuvçi raketalar yetkazib berilişi keçikayotganiga ham töxtalgan.

«Biz böyiça kelişuvga erişilgan tutuvçi raketalarni kutyapmiz. Ammo ular hali ham kelmayapti. Bu haqiqiy muammo, çunki rossiyaliklar deyarli har kuni bizga hujum qilmoqda», - degan Zelenskiy.

U şunga qaramay Ukraina armiyasi mudofaani uşlab turganini taʼkidlab, mamlakat aholisining matonatidan faxrlanişini bildirgan.