Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXA Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarlar asossizligi ma'lum qilindi
Bugun, 25 iyul kuni tongda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Akramov 38 yoshida koronavirusdan vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Agentlik rasmiy xabarida esa marhum vafot sababiga aniqlik kiritilmadi.
Kun.uz muxbiri vaziyatni aniqlashtirish uchun DXA Surxondaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari bilan bog‘landi. Boshqarma vakilining ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlar asossiz. Akramovni yurak xastaligi va buyrak yetishmovchiligi bezovta qilib kelgan. Bemorning vafot etishiga esa yurak xastaligi sabab bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, marhum avval prokuratura tizimida faoliyat yuritgan, 2018 yilning mart oyidan buyon DXAning Surxondaryodagi boshqarmasini boshqarib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
21:11 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati paydo bo‘ldi
09:15 / 30.04.2026