Davlat xizmatlari agentligining Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Zafarjon Akramov vafot etgan. Bu haqda agentlikning axborot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

«Zafarjon Akramov haqida faqat iliq fikrlar qoldi. Köp yillar malakali huquqşunos sifatida xalq xizmatida bölgan, prokuratura idoralarida faoliyat yuritgan Zafarjon Akramov 2018 yilning mart oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib keldi.

Davlat xizmatlari agentligi jamoasi agentlikning Surxondaryo viloyati boşqarmasi boşliği Akramov Zafarjon Çori öğlining bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi agentlik xabarida.

Hozirça ölimi sababi ma'lum qilinmagan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, marhum 38 yoşda, 2 nafar farzandning otasi bölgan.

Eslatib ötamiz, 15 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boşqarmasining 61 yoşli mas'ul xodimi koronavirusdan vafot etgan edi. Bu agentlik tizimida koronavirus bilan boğliq ilk ölim holati bölgandi.

Avvalroq 13-14 iyul kunlari Toşkent şahar IIBB xodimi, 36 yoşli mayor A'loxon Şamahmudov va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölimi boşliği, 48 yoşli podpolkovnik Şavkat Nafasov koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi. SSV bu ölim holatlarini 15 iyul kuni tasdiqlagan.

Şuningdek, 16 iyul kuni IIV Sergeli IIO FMB podpolkovnigi Abdulaziz Toşev 12 iyul kuni 42 yoşida vafot etgani, uning ölimiga koronavirusdan kasallangani sabab bölgani haqida xabar berdi. Soğliqni saqlaş vazirligi şu kuni ölim holatini tasdiqladi