Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov Kun.uz’ga bergan intervyusi davomida Internet va ijtimoiy tarmoqlarda katta şov-şuv keltirib çiqargan va viloyatdagi 8 ta tuman hokimlariga berilgan Malibu-2 rusumli maşinalar haqidagi savolga ham javob berdi.
Q.Tursunovning aytişiça, uşbu avtomaşinalar tuman hokimlariga emas, viloyat hokimining beş nafar örinbosarlariga, bittasi şahar hokimiga va qolgan ikkitasi viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda davlat soliq boşqarmasiga berilgan. Viloyat hokimining bildirişiça, prezident Ş.Mirziyoyev mahalliy hokimlarga byudjyetga tuşadigan tuşumlarni öz ixtiyorlari bilan işlatiş vakolatini bergaç, bunday maşinalarni olişga imkoniyat paydo bölgan.
«Manbasidan söz oçsam, muhtaram yurtboşimiz tomonidan 2017 yilning boşidanoq mahalliy davlat hokimlarining faoliyatini erkinlaştiriş, ularni bölayotgan barça sohalarda salohiyatini oşiriş nuqtai nazaridan köp vakolatlar berildi. Qolaversa, hukumatimizda öşa yengil xizmat maşinalari bilan boğliq qarorga ham özgartiriş kiritildi», dedi Q.Tursunov.
Viloyat hokimining ta'kidlaşiça, maşinalar GM Uzbekistan saytida körsatilganidek 302 million sömdan emas, balki aksiya sabab 267 million sömdan olingan.
«Viloyatimiz hududi juda ham katta. Aytaylik, Navoiy viloyati markazidan Tomdi tumanining qaysidir qişloğiga boriş uçun 450 km masofa bosişimiz kerak böladi. Mahsulotning narxi, qiymati avvalo, sifati va yaroqliligi bilan belgilanadi. Bizning bu harakatimizdan muddao — har ikki yilda bitta maşina almaştirmaylik-da, xizmat muddati 10 yilga yetadigan bitta maşina minaylik», — dedi Q.Tursunov.
Umuman, avvalboşda Chevrolet Malibu maşinalari emas, Chevrolet Captiva maşinalari buyurtma qilingan bölgan. Biroq Captiva işlab çiqarişdan olib taşlangaç, Malibu’lar maxsus aksiya doirasida arzonroqqa yetkazib berilgan va ularning har biridan qariyb 50 million söm iqtisod qilingan.
«Bizdagi mavjud avtoparkning texnikalari özining xizmat muddatini ötab bölgan avtomaşinalar taşkil etadi. Uçta örinbosarimizda Captiva rusumli avtomaşina bor edi. Biz uçta avtomaşinani tuman hokimlarining xizmat muddatini ötab bölgan maşinalari örniga xizmat maşinasi sifatida berdik», — dedi Navoiy viloyat hokimi.
Viloyat hokimi Q.Tursunov lyuks tipidagi maşinalarni olinganiga sabab qilib, viloyatga turli xorijiy delegatsiya vakillari tez-tez taşrif buyurişayotgani, ularni viloyat böylab olib yuriş uçun viloyat hokimligi ixtiyorida zarur turdagi avtomaşinalar yetişmay kelganini ham ta'kidlab ötdi. Endi viloyat hokimligi va taşkilotlar ixtiyoridagi mavjud avtomaşinalar bilan viloyatga keluvçi yirik xorijiy delegatsiya vakillarini ham bemalol olib yuriş mumkin böladi.












