Botir Qodirov va Jörayevlarga oid sud işi yopiq tarzda körib çiqiladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Bugun, 2024 yil 2 may kuni Toşkent şahri Uçtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilaş haqidagi da’vosi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bölib ötgan.
Unda sudya aka-uka Jörayevlar vakilining işni unda iştirok etuvçi şaxslarning hayotiga taalluqli bölgan ma’lumotlarning oşkor bölişiga yöl qöymaslik uçun yopiq sud majlisida körib çiqiş haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilganini va Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasiga asosan Botir Qodirovning da’vosi böyiça ötkaziladigan sud majlislari yopiq tarzda bölib ötişini ma’lum qilgan.
Toşkent şahar sudining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Botir Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024 yilning 19 mart kuni kelib tuşgan. Işni köriş 15 aprelga belgilangan. Javobgar vakili iş bilan tanişiş uçun işni körişni boşqa kunga qoldirişni söragani sababli navbatdagi sud majlisi 23 aprelga qoldirilgan.
23 aprel, seşanba kungi sud majlisida da’vogar vakilining körsatmasi eşitilib, guvohlarni işga jalb etiş va qöşimça dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib oliş uçun işni köriş 2 mayga qoldirilgandi.
Da’vo arizaga Adliya vazirligi huzuridagi Hadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassisining 2023 yil 29 sentabridagi fikri ilova qilingan. Ilovada Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Şeraliyeviçning amaki-jiyan ekani böyiça fikr berilgan.
Yangiyöl tumani FHDYo bölimi tomonidan 2008 yil 26 fevral kuni familiyasini “Jörayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Şerali öğli”dan “Şeraliyeviç”ga özgartirgani haqidagi 46- va 48-sonli ilovalar sudga taqdim etilgan.













