30 iyul, seşanba kuni Livan Soğliqni saqlaş vazirligi xabariga köra, Isroilning Bayrut janubiy çekkasiga bergan zarbasi oqibatida kamida uç kişi halok böldi. Yana 74 kişi jarohatlangan. «Vayronalar ostida bedarak yöqolganlarni qidiriş davom etmoqda», — deya qöşimça qildi vazirlik.

Avvalroq Isroil mudofaa kuçlari Livandagi «Hizbulloh» harakati qömondoniga zarba berilgani haqida xabar qilgan edi. Isroilga köra, u bir neça kun avval Jölan tepaliklarini öqqa tutib, 12 kişining hayotiga zomin bölgani uçun javobgardir.

TsAHAL: «Hizbulloh» qömondoni öldirildi

Bayrutga hujum haqida xabar berilganidan bir neça soat ötib TsAHAL «maqsadli» hujumda «Hizbulloh» boş kotibi Hasan Nasrulloh maslahatçisi bölib işlagan yuqori martabali «Hizbulloh» harbiy qömondoni Fuad Şukr halok bölganini aytdi.

BMT Isroil hujumidan «qattiq xavotirda»

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Livan böyiça maxsus koordinatori Janin Xennis-Plassxart 30 iyul kuni Isroilning Bayrut çekkasidagi aholi ziç joylaşgan hududiga uyuştirgan zarbasi tufayli «köp sonli tinç aholi qurbon bölganidan qattiq xavotirda» ekanini aytdi.

Hennis-Plassxart «Isroil va Livan örtasidagi mojaroga harbiy yeçim yöqligini» ta’kidladi va uruşni töxtatiş uçun «diplomatik variantlardan» foydalanişga çaqirdi. 

Jölan tepaliklariga hujum

Isroil 27 iyul kuni Livanning «Hizbulloh» harakatini Jölan tepaliklari şimolidagi Majdal Şams qişloğini öqqa tutganlikda aybladi. Otişma oqibatida 12 kişi halok bölgan, ularning aksariyati ösmirlardir. Zarba vaqtida ular futbol maydonida bölgan.

Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats «Hizbulloh» Majdal Şamsga hujumi bilan «barça qizil çiziqlarni kesib ötganini» aytdi va «töliq kölamli uruş» ehtimoli haqida ogohlantirdi. 

Öz navbatida, «Hizbulloh» hujumga aloqadorligini rad etadi. Harakat vakili AP agentligiga bergan izohida guruh «Majdal Şamsga hujum uyuştirganini qat’iyan rad etişi»ni va zarbasi faqat Isroil harbiy bazasiga qaratilganligini ta’kidladi.