Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.
Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib to‘ldirilmoqda.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.













