Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2,4 mlrd dollarga kamaydi
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 5,1 mlrd AQSh dollariga, import hajmi 7,8 mlrd AQSh dollariga yetdi.
Foto: Dreamstime
2020 yil yanvar-may oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 12,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 2,4 mlrd AQSh dollariga yoki 15,9 foizga kamaydi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 5,1 mlrd AQSh dollariga (15,6 foizga kamaydi) va import hajmi 7,8 mlrd AQSh dollariga (16,1 foizga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida 2,6 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 150dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,9 foiz), Rossiya Federatsiyasida (16,9 foiz), Qozog‘istonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (7,3 foiz), Turkiyada (5,5 foiz), Qirg‘iziston Respublikasida (2,3 foiz) va Afg‘onistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (263,2 mln. AQSh dollari), Qirg‘iziston Respublikasi (211,2 mln. AQSh dollari), Tojikiston (117,8 mln. AQSh dollari), Fransiya (27,1 mln. AQSh dollari) va Eron (7,9 mln. AQSh dollari) shular jumlasidan. Qolgan 15ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026