Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi
Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Abdullayev sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan (keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan) lavozimidan ozod etilgan.
Ixtiyor Abdullayev 1966 yilda 22 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2015 yil 21 apreldan 2018 yil 31 yanvarga qadar O‘zbekiston bosh prokurori lavozimida bo‘lgan. 2018 yil 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.
O‘z navbatida, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
U avvalroq o‘z lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullayev o‘rnini egalladi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida bu haqda ma'lumot bergan.
Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yillar- Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yillar - „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillar - „O‘zneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillar - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillar— Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2017 yillar— O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
08:25 / 21.05.2026
Parkentda davlat yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
08:24 / 13.04.2026
DXX tezkor tadbiri: Qo‘qonga olib ketilayotgan dorilar to‘xtatildi
09:00 / 08.04.2026