Rossiya elchisi: O‘zbekiston mehnat migrantlari uchun "Sputnik V" vaksinasiga buyurtma berdi
O‘zbekiston tomoni hozircha bu haqda ma'lumot bermagan.

Foto: Anton Vaganov/REUTERS
O‘zbekiston Rossiyaga ishlash uchun borishni rejalashtirgan mehnat migrantlarini emlash maqsadida 1 mln doza "Sputnik V" vaksinasiga buyurtma berdi, deb ma'lum qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev.
"Rossiyada ishlagani ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun 1 million doza preparat yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi", - dedi Tyurdenev.
Uning aytishicha, 2021 yilda Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi - "EpiVakKorona" vaksinasini sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.
Elchining gaplarini hozircha O‘zbekiston tomonida hech kim tasdiqlamadi.
4 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning shaxsan o‘zi koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini Toshkentga olib kelgandi.
Ma'lumot uchun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024