Belgiyada Tokio universiteti olimlari tomonidan Nipah virusiga qarşi işlab çiqilgan vaksinaning ilk klinik sinovlari boşlanadi. Sinovlar odamlarda ötkaziladi, deb xabar berdi Nikkei naşri.

Qayd etilişiça, primatlarda ötkazilgan sinovlarda vaksina yuz foizlik natija körsatgan.

Olimlar kelgusida Bangladeşdagi kattalar va bolalar iştirokida tadqiqotlarni kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Avvalroq Hindistonning Kalkutta şahri yaqinida ölimga olib kelişi mumkin bölgan Nipah virusi tarqalayotgani xabar qilingandi.

Virus hayvonlardan, şuningdek zararlangan oziq-ovqat yoki insondan insonga yuqişi mumkin.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, virus yuqtirişdan ölim darajasi 40% dan 75% gaça bölib, bu epidnazorat sifati va mahalliy soğliqni saqlaş tizimi imkoniyatlariga boğliq.