“Jizzaxda qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi hamda yaqin orada qulab, odamlar soğliğiga xavf tuğdirişi mumkinligi inobatga olinib, hozirda atrofi tuproq bilan töldirilgan holda tadbirkorning öz hisobidan buzib taşlanmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax şahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik köçasida yangidan qurilayotgan köp qavatli uylardan biri kutilmaganda, heç bir tabiiy ofat ta'sirisiz qulab tuşdi.

Rasmiy ma'lumotga köra, jabrlanganlar va halok bölganlar yöq. Foydalanişga topşirilmagan bino 6 qavatli bölib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turar joy, dastlabki 2 qavati noturar joy sifatida qurilayotgan bölgan.

Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişi bilan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tuşiş sabablari, bunga omil bölgan holatlar, loyiha hamda pudratçi taşkilot tomonidan uyning barpo etilişi davrida şaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça amaldagi normativ-me'yoriy huquqiy hujjatlarni örganib çiqib, taklif kiritiş vazifasi yuklatilgan.

Jizzax viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.