Prezident Şavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida” qaror imzoladi.
Qarorga asosan, 2022/23 öquv yilidan boşlab intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib bölgan öquvçi yoşlar va talabalar uçun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
2022 yildan boşlab, bosqiçma-bosqiç maktablar, Prezident ta’lim muassasalari, kollej, litsey, texnikum va oliygohlarda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yölga qöyiladi. Hududlardagi Yoşlar markazlarida intellektual öyinlar jamoalari uçun alohida xonalar taşkil etiladi.
Şu yildan e’tiboran har yili talabalar örtasida Intellektual olimpiada taşkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki 3ta örinni qölga kiritgan OTMga prezident sovğasi topşiriladi.
Intellektual öyinlarning respublika bosqiçida ğolib va sovrindor bölgan umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim muassasalari öquvçilari, OTM talabalari ta’limning keyingi bosqiçiga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
Ta’lim muassasalaridagi “Zakovat” klublarining koordinatori bölgan professor-öqituvçilarga mehnatga haq tölaş fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama tölanadi.
2022/23 öquv yilidan boşlab har yili aprel oyida Intellektual haftalik ötkaziladi.
Yoşlarga motivatsiya beriş maqsadida maşhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uçraşuvlar taşkil etib boriladi.
“Zakovat” va boşqa intellektual öyinlarining hududiy va respublika bosqiçi ğoliblarini öz mutaxassisligi böyiça kadrlar zaxirasiga oliş va rahbarlik lavozimlariga tayinlaş amaliyoti yölga qöyiladi.











