O‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflashdi?
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 440,1 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga ko‘pdir.
Umuman olganda, avvalgi yillarga nisbatan o‘sish sezilarli darajaga yetdi. Agar 2018 yilda import avtomobillarga 319 mln dollar sarflangan bo‘lsa, 2019 yilda bu raqam yana 100 mln dollardan ko‘proqqa oshdi.
Taqqoslash uchun, 2017 yilda O‘zbekiston 155 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilgan, 2016 yilda - 193 mln dollar, 2015 yilda - 120 mln dollar, 2014 yilda esa - 212 mln dollar.
Shuningdek, 2019 yil davomida ham «inomarka»lar importi o‘sib bordi. Yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentyabrda 74 foizni tashkil etdi.
2019 yil davomida kuzatilgan bunday o‘sishga qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish tartibi yengillashtirilgani bilan izoh berish mumkin. Biroq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab bu imtiyoz o‘z kuchini yo‘qotdi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
-
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Jahon | 10:45
-
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi
O‘zbekiston | 10:21
-
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari
Sport | 10:13
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Statistika agentligini salkam 8 yil boshqargan Bahodir Begalov lavozimidan ozod etildi
21:13 / 19.01.2025
Suriyaning yangi hukumati Rossiya, Eron va Isroil tovarlari importini taqiqladi
15:40 / 18.01.2025
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan
18:15 / 13.01.2025