Joriy yilning 14 avgust kuni Kun.uz xodimlari Olmazor tuman hokimligi binosi hududida jurnalistik faoliyatini olib borayotganida tuman hokimining sobiq örinbosari Abdurasul Vahobovning tösqinligiga uçragan, amaldor muxbirga hamla qilib, texnik uskunalarga şikast yetkazgandi.

15 avgust kuni Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev sayt muxbirlarini şahar hokimligi binosiga taklif etdi.

Şahar hokimi, muxbirlar, şahar hokimligi xodimlari iştirokida keçgan uçraşuvda aytilgan gaplar sayt muxbiri tomonidan yozib olingandi.

16 noyabr kuni internetda sayt tahririyati rahbariyati iştirokisiz uşbu audioyozuvdan yulib olingan parçalar birlaştirilgan holda tarqalib ketdi.

Tahririyat xolislik nuqtayi nazaridan hokim bilan öşa uçraşuv haqida nisbatan töliq kartina hosil bölişi uçun audioyozuvni nisbatan töliq holda keltiradi. Bu – qariyb bir soat davom etgan muloqotning bir qismi bölib, asosiy sözlar şu qismda yangragan.

Jahongir Ortiqxöjayev öz sözini bugungi kun jurnalistlarini tanqid qiliş bilan boşlagan.

«Bizning davrimizda bitta narsaga işonardik, hamma ergaşardi, işonardi. Bitta iş bölardi, yöl qurilgan, Farğona kanali qurilgan, katta-katta işlar bölgan. Majburiy mehnat, haşar. Bu qadriyatimiz-ku bizning. Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi bular.

Qadriyatni yöqotdik-ku. Qadriyatni yöqotdik-ku? Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi. Qani endi haşar? Qani? Itam dumi bilan tozalab ötiradi eşigini tegini. Endi köçasi tugul, uyining oldini tozalata olmayapmiz-ku bolam?

Qadriyatimizni yöqotdik-ku! Kim qildi buni? Siz qildingiz. U yerga borib mikrofon tutadi, majburiy mehnat deb, bu maktabga boradi...

Özimizning maktabimizda qorni özimiz kurardik-ku, partani kraskalardik, eşikni kraskalardik, qabristonni tozalardik. Qani bular? Kim qildi buni? Özimizning içimizdagi özbek, itning bollari qildi. Qadriyatni bilmagan.

Ertaga, aytyapman-ku, xuddi Amerikaga öxşab, Angliyaga öxşab «dada, meni urişmang, haqqingiz yöq» deydi. Qiladi şu ketişda bölsa...