Qayd etilişiça, Afğoniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a'zosi va “Tolibon” harakati siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Şahin Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan öz rahbariyati nomidan tabrik maktubi yöllagan.
“Birodar Özbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Biz qöşni Özbekiston bilan samarali va döstona munosabatlar örnatişni xohlaymiz. Özbekiston iştirokida Afğonistonda infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, xususan, temir yöl va elektr uzatiş tarmoqlarini qurişni davom ettirişdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz”, deyiladi maktubda.
Bildirilişiça, Afğoniston Islom Amirligi tomonidan özbek şeriklarga bu yönalişda barça zarur yordam körsatiladi.

















