2022 yil 4 yanvar kuni keçki soat taxminan 20:00larda Namangan-Toşkent yönalişida kirakaşlik bilan şuğullanuvçi Nasim Şomatov uç yigitni Toşkent şahriga olib borib qöyiş uçun 360 000 sömga kelişadi.

Toşkent viloyat IIBdagi manbaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, «Kobalt» rusumli avtomaşina Toşkent viloyati Ohangaron tumaniga yetganida, yölovçilar haydovçiga jismoniy kuç işlatib, böyin sohasidan böğib huşidan ketkazgan. 

Aholi yaşaş punktidan uzoqda bölgan keng dala maydoni atrofida jabrlanuvçining qöl-oyoqlarini boğlab, oğiz sohasini skotç yordamida yopib, unga tegişli bölgan 500 dollar miqdoridagi pullar, REDMI NOTE-9 markali telefon, boş va oyoq kiyimlarini olib, boğlangan haydovçini avtomaşina yukxonasiga joylaştirib, Jizzax tomon yölda davom etişadi.

Foto: IIB

Jinoyatçilar Jizzax şahri hududida avtomaşinani yöl çetida qoldirib yaşirinişadi. 

Jabrlanuvçi esa öz sa’y-harakatlari bilan qöl-oyoqlarini yeçib, yukxona içidan çiqib oladi va holat yuzasidan yaqin atrofda joylaşgan Jizzax şahar IIB 3-sonli IIBga murojaat qiladi.

Olib borilgan suriştiruvlar natijasida bu jinoyatni qotillikda gumonlanayotgan va qidiruvda bölgan şaxslar sodir etgani ayon böladi.

Foto: IIB

Uluğbek Adaşev 1992 yilda tuğilgan, Namangan viloyati Namangan tumani «Tepaqörğon» MFYda yaşab, bir neça bor sudlangan (sönggi marta 2019 yil yozida JIB Namangan şahar sudi tomonidan JKning 169 m. 3 q. «a» b., 168 m. 3 q. «b» b., 227 m. 2 q. bilan aybdor deb topilib, 5 yil-u 6 oy muddatga OMQ jazosi tayinlangan, bugungi kunda sudlanganlik holati tugallanmagan), 2021 yil 29 dekabr kuni Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi 44-sonli Jazoni ijro etiş manzil koloniyasidan qoçgan va qidiruvga berilgan.  

Foto: IIB

Azizbek Mahkamov 1987 yilda tuğilgan, Farğona viloyati Beşariq tumani «Zarqaynar» MFYda yaşaydi. Muqaddam bir neça marta sudlangan (sönggi marta 2017 yil aprelida JIB Beşariq tuman sudi tomonidan JKning 169 m. 3 q. «a» b., 25-169 m. 3 q. «a» b., 164 m. 3 q. «v» b., 25-222 m. 2 q. «v» b. bilan aybdor deb topilib, 8 yil-u 2 oy muddatga OMQ jazosi tayinlangan, bugungi kunda sudlanganlik holati tugallanmagan), 2021 yil 29 dekabr kuni Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi 44-sonli Jazoni ijro etiş manzil koloniyasidan qoçgan va qidiruvga berilgan.