Samarqand va Andijon şaharlarida joylaşgan markaziy stadionlarga mos ravişda «Afrosiyob Arena» va «Bobur Arena» nomlari beriladi.
2 oy muddatda aholi orasida sörov ötkazilib, hududlardagi yirik sport inşootlariga ular joylaşgan hudud xususiyatidan kelib çiqib, şuningdek Özbekiston tarixi va sportida nom qoldirgan tarixiy şaxslarning nomlari beriladi.
Bu – prezidentning 31 oktyabr kuni e'lon qilingan soğlom turmuş tarzini ommalaştirişga oid farmonida közda tutilgan.
Farmon bilan, 2021 yil 1 yanvarga qadar hududlarda yangidan barpo etilayotgan köp qavatli turar joylarni quriş böyiça tasdiqlangan amaldagi şaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvçi qöşimça va özgartişlar kiritiladi:
- aholi soni va uy-joylarning joylaşuvini inobatga olgan holda, şuningdek, taşkilot va idoralarning tegişli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport maydonçalarini (şu jumladan Workout) taşkil etiş;
- mahallalar, qişloqlar, tumanlar va şaharlarni boğlovçi avtomobil yöllari, piyoda hamda velosiped yurişi uçun möljallangan «Salomatlik yölaklari»ni quriş;
- avtomobil harakati yuqori bölgan va katta yöl kesişmalarida aholiga qulay ötiş joylarini barpo etiş.












