Andijon viloyatining Böz tumanida içki işlar xodimlari tungi vaqtda, ya'ni soat 22:00dan keyin köçada yurgan yoşlarni qölga olişgan. Şundan söng yoşlar bilan suhbat davomida organ xodimlaridan biri öz xizmat vakolatlaridan çetga çiqqan va bu holatni hodisa iştirokçilaridan biri videotasvirga olgan. Bu haqda Repost naşri xabar bermoqda.
Qölga olingan yoşlardan birining ma'lum qilişiça, bir guruh yoşlar keçasi stadionda futbol öynab qaytayotgan vaqtda IIB xodimlari patrul avtobusida kelib, ularni şaxsni tasdiqlaş uçun tuman içki işlar bölimiga olib borişgan. U yerda esa tungi vaqtda köçada yurişlari yuzasidan söroqqa tutişgan.
Qölga olingan yoşlardan biri tomonidan tasvirga olingan videoda içki işlar xodimlaridan birining öz xizmat vakolatidan çetga çiqqan holda yoş yigitlardan biriga nisbatan kuç işlatganini köriş mumkin. IIB xodimi öziga bunday muomala qilmaslikni söragan yigitni qöpol sözlar bilan haqorat qilgan.
Mazkur holat sönggi vaqtlarda içki işlar xodimlarining öz xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilgani bilan boğliq yagona voqea emas. Avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahrida IIB xodimi içki işlar idorasiga olib kelingan ayolni tahqirlagan, natijada şahar IIBdagi 4 rahbar va 4 xodim işdan böşatilgandi.











