Ötkazilgan zarur tekşiruv va aniqlaş işlaridan söng pul mablağlarining qonuniy egasi aniqlanib, 10 ming AQŞ dollari belgilangan tartibda öz egasiga töliq qaytarib berildi, deyiladi Içki işlar vazirligi xabarida.

“Olmazor metro bekatidan Sergeliga keldim, şu payt sumkamdan 10 ming dollarim tuşib qolibdi. Şoşib yugurib ketgandim. Metro xodimlariga rahmat, içki işlar xodimlari pulni topib, meni Face-ID'dan qidirişibdi. Men u pulni yöqotganimni maşinabozorda bildim. Halol ekan, qaytib keldi. Içki işlarga mingdan ming rahmat”, – deydi özbek tilida gapirgan qozoğistonlik.