Sönggi yillarda hukumat tomonidan turizm sohasiga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, soha faoliyatini tartibga soluvçi me'yoriy hujjatlarga tegişli özgartirişlar kiritilib, tadbirkorlik sub'yektlari uçun yengilliklar yaratildi.

Joylaştiriş vositalari (mehmonxona, hostel, motel, dam oliş maskanlari, mehmon uylari va boşqalar.) Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turistik xizmatlarni sertifikatlaştiriş va turistik industriya obektlarini tasniflaş tartibi töğrisida”gi Nizom asosida sertifikatlaştiriladi. Mazkur jarayon Turizm va sport vazirligi tuzilmasidagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlaş markazi” DUK (keyingi örinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oşiriladi.

Sertifikat oliş uçun ariza beruvçi (tadbirkor) yuqoridagi Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni (kadastr nusxasi yoki ijara şartnomasi, nazorat qiluvçi organlar xulosalari, mehmonlar xavfsizligi va xizmat körsatiş sifatini ta'minlovçi korxonalar bilan tuzilgan şartnomalar nusxalari) ilova qilgan holda poçta aloqa vositalari orqali yoki elektron şaklda Markazga ariza beradi.

Uşbu ariza Markaz tomonidan bir iş kun davomida körib çiqiladi va sertifikatlaştirişni ötkaziş yoki sertifikatlaştiriş ötkazişni rad etiş töğrisida qaror qabul qilinadi. Şu kunning özida ariza beruvçiga sertifikatlaştiriş ötkaziş töğrisida şartnomani ilova qilib, uni ötkaziş yoki sabablarini körsatgan holda sertifikatlaştirişni ötkazişni rad etiş töğrisidagi qarorni yuboradi.

Ariza beruvçi şartnoma böyiça Markazning bank hisob raqamiga pul mablağlarini ötkazgaç, Markaz tomonidan komissiya tarkibi tuziladi. Komissiya Markaz rahbariyatining buyruği tasdiqlangandan söng, beş iş kuni davomida baholaşni ötkazişni boşlaydi. Komissiya sertifikatlaştiriş obektini normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini uç iş kuni davomida (turoperator xizmati uçun ikki iş kunidan köp emas) baholaydi. Şundan söng tegişli qaror qabul qilinadi. Sertifikat berişni rad etiş uçun asos bölib xizmat qilgan sabablar ariza beruvçi tomonidan öz vaqtida bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan qayta baholaş amalga oşiriladi. Qaror qabul qilingan kunning özida, Markaz, ariza beruvçiga sertifikat beriş (sertifikat va muvofiqlik belgisini qöllaş huquqini beriş töğrisidagi bitimni ilova qilgan holda) yoki sertifikat berişni rad etiş töğrisidagi qarorni yuboradi. Sertifikat beriş töğrisida qaror qabul qilingandan söng ariza beruvçi bilan sertifikat va muvofiqlik belgisini qöllaş huquqini beriş töğrisida bitim tuziladi. Bitim asosida tölov amalga oşirilgan kunning özida sertifikatlaştiriş milliy tizimining Davlat reyestrida sertifikat rasmiylaştiriladi va röyxatdan ötkaziladi hamda tadbirkorga öz faoliyatini boşlaşga ruxsat etiladi.