Xorazm viloyati, Qöşköpir tumani, Örtayop qişloğidagi «Adolat» mahallasi aholisi «Obod mahalla» dasturi asosida ta'mirlanişi kerak bölgan yöllarda işlar oxiriga yetkazilmay qolganidan şikoyat qilişmoqda. Odamlar yöllarning ta'mirlab berilişini söramoqdalar.

«Adolat» mahallasidagi Adolat köçasi

2018 yil iyun oyida Özbekiston Respublikasi prezidentining «Obod mahalla» dasturi töğrisida»gi farmoni imzolandi. Unda mahallalar hududini obodonlaştiriş, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantiriş, şuningdek, yöl-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obektlarini barpo etiş hamda şu asosda aholining turmuş şaroitini yuksaltiriş asosiy vazifalar ekani belgilab qöyilgan.

Farmon doirasida Xorazm viloyati, Qöşköpir tumani, Örtayop qişloğidagi «Adolat» mahallasi ham «Obod mahalla» dasturiga kiritildi.

 23-son umumta'lim örta maktabi

Örtayop – Xorazm viloyatining çekka va katta qişloqlaridan biri. Uning «Adolat» mahallasida 2900ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

2019 yil davomida «Adolat» mahallasida bu dasturni amalga oşiriş uçun keng kölamli işlar bajarildi. Xususan, 23-son umumta'lim örta maktabining 120 öringa möljallangan qöşimça binosi qurildi. Natijada, maktabning siğimi 534 öringa yetdi. Bundan taşqari, maktab yuqori tezlikdagi internet tarmoğiga ulandi.

19-son maktabgaça ta'lim taşkiloti (bolalar boğçasi) hozirça faoliyat yuritmayapti

19-son maktabgaça ta'lim taşkiloti (bolalar boğçasi) töliq ta'mirlanib, zamonaviy körinişga keltirildi. Ammo jihozlar yöqligi bois, hali işga tuşirilgani yöq. Jihozlar bilan qaçon ta'minlanişi esa noma'lum.

Elektr simyoğoçlari, simlari almaştirildi, yangi transformator örnatildi. Aholi sözlariga köra, elektr energiyasi ta'minoti ham ança yaxşilandi. Uy-joylarining fasad qismi ta'mirlandi. Kam ta'minlangan oilalarning uylari esa homiylik asosida ta'mirlanib, tomi yopib berildi.