O‘zbekiston | 16:40 / 17.09.2018
158861
2 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 176,83 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8039 so‘mga yetgan.

Yevro kursi esa 266 so‘mu 16 tiyinga ko‘tarilib, 1 yevro 9347 so‘mu 75 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 5 so‘mu 46 tiyinga o‘sib, 1 rubl kursi 118,05 so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi o‘tgan haftadan yana o‘sa boshladi. O‘tgan haftada kurs 23,44 so‘mga qimmatlashgandi.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid