2022 yil 1 yanvardan kuçga kirgan «2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonunda avtotransport vositalarini sotib olganlik uçun yiğim nazarda tutilmagan. Bundan kelib çiqadiki, 2022 yil davomida bunday yiğim undirilmaydi.

Şu vaqtgaça yangi (foydalanişda bölmagan) avtotransport vositalari böyiça xarid qiliş narxining 3 foizi miqdorida yiğim undirilar edi (masalan, 100 million sömlik maşina uçun 3 million söm, 300 million sömlik bölsa, 9 million söm).

Ikkilamçi bozordan maşina xarid qilinganda esa işlab çiqarilgan yiliga qarab, har bir ot kuçi uçun 29,7 ming sömgaça yiğim undirilgan. Masalan, işlab çiqarilganiga 3 yil tölmagan 100 ot kuçiga teng maşinani sotib olganlik uçun deyarli 3 million söm yiğim tölanardi.

Endi şu yiğimlar 1 yanvardan töliq bekor qilindi.

Huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev notariusda tölanadigan davlat bojining yuqori stavkalari ham kamaytirilişi kutilayotganini yozdi.

«Agar kimdir maşina sotib olgan-u, lekin öz nomiga rasmiylaştirişdagi katta xarajatdan qoçib, «generalnaya doverennost» olib haydab yurgan bölsa, ular endilikda maşinalarini öz nomlariga ötkazib olişlari mumkin. Töğri, hozir notariusda tölanadigan davlat bojining yuqori stavkalari öz kuçida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilişi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda, maşinaning ot kuçi va yilidan qat’i nazar, bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming söm) etib belgilanişi rejalaştirilmoqda.

Quyidagi rasmda davlat bojining amaldagi stavkalari keltirilgan. Agar bu narxlar sizga ma’qul kelsa, unda tezda maşinangizni öz nomingizga ötkazib oling. Yoki bojlar ham kamaytirilişini kutib tursangiz böladi», deb yozadi u.

Iqtisodçi Otabek Bakirov «iste’molçilarga qarşi jazolovçi va monopolist» UzAuto Motors’ni qöllovçi tarzidagi bu yiğim miqdori ba’zida eski avtomobillar narxining özidan ham qimmat bölib ketgani va özbekistonliklarning avtomobil oldi-sotdisini rasmiylaştirişdan köra, işonçnoma asosida bitim amalga oşirişdan özga çorasi qolmaganini ta’kidladi.