“Davlat boji töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritişga oid qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihada ayrim davlat boji stavkalari birlaştiriş hisobiga kamaytiriş nazarda tutilmoqda.
Xususan, avtomototransport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş şartnomasini tasdiqlaganlik uçun boj miqdori BHMning 3 baravari (810 ming söm) miqdorida belgilanmoqda. Amaldagi tartib böyiça boj miqdori transport vositasi işlab çiqarilgan yili va ot kuçiga qarab (avtomobil quvvati 110 ot kuçidan ortiq va işlab çiqarilganiga 3 yildan oşmagan hollarda) BHMning 10 baravari (2,7 mln söm)gaça belgilangan.
Köçmas mol-mulkni boşqa şaxsga ötkazişni rasmiylaştirişda davlat bojini Toşkent, Nukus va viloyat markazlarida mol-mulkning kvadrat-metridan qat'i nazar BHMning 1,5 baravari (405 ming söm), boşqa hududlarda BHMning 1 baravari (270 ming söm) miqdorida belgilaş közda tutilmoqda. Buning natijasida maydoni 100 kv/mgaça bölgan mulk uçun davlat boji 50 foizga (markazlarda 33 foizga) köpayadi, 200 kv/mgaça bölgan mulk uçun özgarmaydi (markazlarda 33 foizga kamayadi), 200 kv/mdan ortiq mulk uçun 33 foizga (markazlarda 2 barobarga) kamayadi.
Şuningdek, avtomototransport vositalarini boşqariş va tasarruf qiliş huquqini beruvçi işonçnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalaniş şartnomalarini rasmiylaştirişda mulkdorga begona şaxslar uçun davlat boji miqdorini BHMning 3 baravari (810 ming söm)dan 2 baravari (540 ming söm)ga kamaytiriş taklif etilmoqda.
- Avvalroq, Kun.uz saytida odamlarni köpdan beri qiynayotgan masala — eski avtomaşinalarni rasmiylaştirişdagi bojlar qayta körib çiqilişi lozimligi, ikkilamçi bozordagi avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştiriş haddan ziyod qimmatligi, şuningdek, yaşirin xarid sifatida notarial tasdiqlanadigan va nisbatan arzonroq boş işonçnoma keltirib çiqarayotgan xatarlar haqida maqolalar e'lon qilingan edi.
- Keyinroq, deputat Doniyor Ğaniyev öz








