«Koronavirus infeksiyasi bilan boğliq vaziyat yaxşilanib borayotgan mamlakatlar bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta yölga qöyiş, şuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari hamda investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar faoliyati uçun zarur şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda», deyiladi komissiya qarorida.

15 iyundan sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bölgan davlatlar bilan aviaqatnovlar tiklanadi.

Quyidagi toifadagi şaxslarga Özbekistonga kiriş va Özbekistondan çiqişga ruxsat berildi:

  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a'zolari;
  • investitsiya loyihalari doirasidagi Özbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boşqa taşkilotlar mutaxassislari;
  • davolaniş uçun kelayotgan (çiqayotgan) şaxslar;
  • xorijda yaqin qarindoşlari yoxud oğir kasal bölgan qarindoş-uruğlari mavjud bölgan şaxslar;
  • xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari sörovlariga asosan Özbekiston Respublikasi orqali boşqa davlatlarga olib ötilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) şaxslar;
  • Özbekiston Respublikasida doimiy röyxatdan ötgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek, xorijiy davlatda doimiy röyxatdan ötgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari.

Bundan taşqari, öqiş va mehnat faoliyatini davom ettiriş uçun fuqarolarga Özbekiston Respublikasidan çiqişga ruxsat berildi. Bunda, aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qat'iy amal qilgan holda taşkil etiladi.

«Yaşil», «sariq» va «qizil» aviareyslar

Şuningdek, xorijiy davlatlar epidemiologik vaziyatga qarab uç toifaga - «yaşil», «sariq» va «qizil» hududlarga ajratiladi:

  • sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bölgan (yaşil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun uşbu mamlakatlarda bölib turgan) kirib kelgan şaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;
  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamaygan (sariq reyslar