14:23 / 08.10.2021
2007

Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portladi

Foto: Zarnyus

Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portlagan. Bu haqda «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» gaz ta'minoti bo‘limi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bugun, 8 oktyabr kuni soat 4:15larda Kattaqo‘rg‘on shahri, Toshkent ko‘chasida joylashgan 145-uyda gaz portlagan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada uy egasi, uning akasi, jiyani va Qozog‘istondan kelgan mehmon bo‘lgan. Hodisa oqibatda ikki kishi jabrlangan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur xonadondagi uy orqasidan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalariga o‘tgan 4 ta gaz quvuri bo‘lgan. Portlash bo‘lgan xonada gaz quvuri bo‘lmagan.

Qayd etilishicha, hozirda tegishli mutasaddilar tomonidan surishtiruv tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi.

Top