Toşkent şahrida köçada turgan motorollerni olib qoçgan erkak jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, 1974-yilda tuğilgan F.N. Çilonzor tumanida uy oldida turgan motorollerni olib ketgan. Transport vositasi boşqaruv servis kompaniyasiga tegişli bölgan.
Bungaça 6-marta sudlangan va xavfli retsidivist bölgan erkak jinoyatni antiqa usulda amalga oşirgan. U motoroller oldiga borib, Telegram’ning saqlangan xabarlar bölimiga joy geolokatsiyasini taşlab olgan. Söngra u yerdan ketgan.
Yöl-yölakay bekat va köçalardagi eʼlonlarni qarab, evakuator xizmatini topgan va qönğiroq qilgan.
“Çilonzor tumani 19-mavzesi 16-uy oldida uç ğildirakli skuterim bor, öşani eski Toşmi tomonga olib borib bering, özim qabul qilib olaman”, degan erkak evakuator haydovçisiga.
Haydovçi xizmat haqi 300 ming söm bölişini aytgan, F.N. esa 250 ming söm berişini bildirgan. Savdo pişgaç, F.N. evakuator haydovçisiga motoroller turgan joy geolokatsiyasini jönatgan.
Oradan bir soat vaqt ötib, haydovçi qönğiroq qilgan va manzilga borganini aytgan. F.N. unga motorollerni yuklab kelaverişni, özi bozorda ekanini, bozorlik qilib bölgaç “Eski Toşmi” oldida yöl çetidagi meva-çeva sotadigan joyda kutib olişini maʼlum qilgan.
Şu tariqa, evakuator haydovçisi motorollerni yuklab, aytilgan manzilga kelgan. F.N. unga birozdan söng yetib borişini, bank karta raqamini aytsa, pul ötkazişini” bildirgan. Söngra haydovçi aytgan bank kartasiga köçada turgan PayNet qurilmasidan pul ötkazgan hamda “agar ulgurmasam skuterni öşa yerga tuşirib ketavering”, degan.
Xizmat haqini olgan evakuator haydovçisi motorollerni aytilgan manzilga tuşirib ketgan. F.N. esa motorollerga yaqinlaşmasdan uni 2-3 kun kuzatişga qaror qilgan. Agar heç kim tegmasa, keyin metallolomga topşirib, pulini öz ehtiyojlariga sarflaş rejasini tuzgan.
Oradan 2 kun ötib, “ölja”ni kuzatişga borgan F.N. motoroller joyida yöqligini körgan. Çunki, boşqaruv servis kompaniyasi transport vositasi olib qoçib ketilgani haqida “102”ga xabar bergan va motoroller evakuator taşlab ketgan joydan topilgandi.
Sud hukmi bilan F.N. Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandida (talon-toroj qiliş maqsadida öğrilik yoki talonçilik yöli bilan transport vositasini olib qoçiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

















