MIBning qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi
“Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, farmonga muvofiq 2020 yil 1 avgustdan Majburiy ijro byurosining qo‘yidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi:
elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga;
elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta'minlash, iste'molchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste'molini hisobga olishga olish bo‘yicha vazifa va vakolatlari – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minoti” AJning hududiy tashkilotlariga;
elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minoti” AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan iste'molchilarning huquqiy madaniyatini va mas'uliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta'minoti” AJga;
energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta'minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.
Tavsiya etamiz
Merkelning azaliy raqibi. Shols o‘rniga Germaniya kansleri bo‘ladigan Fridrix Mers haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 21:04 / 05.03.2025
Elektr va gaz limiti sovuq oylarda o‘zgartiriladimi?
O‘zbekiston | 16:03 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi
O‘zbekiston | 10:52 / 05.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:02 / 04.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Po‘lat Bobojonov ketdi. Yangi vazirdan nimalar kutilmoqda?
O‘zbekiston | 16:10
-
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
Jamiyat | 15:18
-
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
Jahon | 15:16
-
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

08:00 / 05.12.2024
321 mln so‘mni talon-toroj qilgan MIB xodimi ushlandi

13:29 / 30.11.2024
MIB Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi

14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi

18:40 / 09.11.2024